Abdulla Oripovning 80-yillik tavalludiga bag`ishlab…

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi,  “1-son Umumiy va Bolalar Xirurgiyasi” kafedrasi nomidan, katta o’qituvchi Xudayberganova N.Sh., assistentlar: Boboev K.X., Hakimov K.M., Abduraxmonov F.M.

Abdulla Oripovning 80-yillik tavalludiga bag`ishlab…

Abdulla Oripov — ardoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. Zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan taniqli ijodkor. Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan YassaviyNavoiyBoburChoʻlponGʻafur Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining davomchisi hisoblanadi. Shoir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sheʼri muallifidir.

Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida, yaʼni Yilboshi bayrami kuni (Qashqadaryo) viloyati, (Koson) tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Oilada toʻrt oʻgʻil, toʻrt qiz boʻlib, Abdulla oʻgʻillarning kenjasi edi.

Abdulla oripovnong birinchi „Qushcha“deb atalgan sheʼri chiqqan paytda u talaba edi. „Mitti yulduz“esa 1965-yilda chop etilgan. Undan keyin „Koʻzlarim yoʻlingda“ (1967), „Onajon“ (1969), „Ruhim“ (1971), „Oʻzbekiston” singari qator kitoblari bosilib chiqdi.

Abdulla Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening (rus.) «Ilohiy komediya» asarini, L.Ukrainka, T.Shevchenko, N.Nekrasov, Q.Quliev, R.Hamzatov singari shoirlarning sheʼrlarini mahorat bilan oʻzbekchaga oʻgirgan. Abdulla Oripov sheʼrlarida falsafiy teranlik joʻshqin lirizm va insoniy samimiyat bilan uygʻunlashib ketgan.Uning„Bahor“,„Kuz“,„Saraton“,„Oʻzbekiston“„Otello“„Sarob“„Dengizga“„Yuzma-yuz“„Genetika“ va boshqa qator sheʼrlarida mana shu xususiyat yaqqol seziladi.

Bu asarlar oʻzbek milliy sheʼriyatining mumtoz namunalari boʻlib, yuksak badiiyligi, mantiqan kuchliligi, joʻshqinligi, yoqimliligi va lirik tuygʻularga boyligi bilan ajralib turadi.

Mustaqillikka erishgan Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi Abdulla Oripov soʻzi bilan aytiladi.

Millat maʼnaviyati va estetik tafakkurini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun shoir Abdulla Oripov ijodkorlar orasida birinchi boʻlib, 1998-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ degan yuksak unvonga sazovor boʻldi.

 

Muallif: katta o’qituvchi Xudayberganova N.Sh.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan