Toshkent tibbiyot akademiyasi Matbuot hizmati barcha ustozlarimizni, ilmiy pedagogik jamoani oila kuni bilan samimiy tabriklaydi…

Toshkent Tibbiyot akademiyasi Matbuot hizmati barcha ustozlarimizni, ilmiy pedagogik jamoani oila kuni bilan samimiy tabriklaydi.
Oila – kichik Vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi”. Tinch oilalarda buyuklar yetishib chiqadi.
Darhaqiqat, ildizi baquvvat, poydevori mustahkam, avlod-ajdodlari sha’nini pok saqlovchi, milliy qadriyatlar, urf odatlarimizni o‘rganib avlodlarga yetkazuvchi sadoqatli oila mustahkamdur. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega” ekanligi belgilab qo‘yilgan.
15 may – Xalqaro oilalar kuni! Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993 yil 20 sentyabridagi Xalqaro oila yili to‘g‘risidagi rezolyusiyaga muvofiq 1994 yilning 15 mayidan buyon muntazam jahon miqyosida keng nishonlanadi. Oilalarimizda tinchlik va baxt hukmron bo’lsin, zero vatan oiladan boshlanadi.

Translate: Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan