TRAVMATOLOGIYA-ORTOPEDIYA, XDJ VA NEYROXIRURGIYA KAFEDRASIDA OCHIQ DARS O’TKAZILDI.

Bugun 24-sentyabr kuni 8:30 da Тravmatologiya-ortopediya fanidan tibbiy pedagogika fakulteti 402-a guruh talabalari bilan kafedra dotsenti Qosimov A’zаm Azimovich tomonidan ochiq dars tashkil etildi. Ochiq dars “Boldir-oshiq bo‘g‘imi  va oyoq panja jarohatlari” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Ochiq darsda kafedra mudiri Xojanazarov Ilxom Eshqulovich, kafedra professorlari Asilova Saodat Ubayevna, Alixodjayeva Gulnora Alouiddinovna va assistentlar Boboyev Bekzod Ahmadbek o‘g‘li, Abdullayev Maxsur Maqsudjon ogli, Yugay Albert Valintinovichlar va zoom dasturi orqali barcha kuzatuvchilar va guruh talabalari ishtirok etishdi. Dars kirish qismi bilan boshlanib, mavzu yuzasidan talabalar tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyish qilindi. Taqdimotda mavzuga oid barcha ma’lumotlar aytib o‘tildi. “Kuchsiz qator” nomli interfaol usuli tarzida mavzuga oid savol-javoblar va test sinovlari o‘tkazildi. Mavzu yuzasidan amaliy ko‘nikma bajarildi. Amaliy ko‘nikmada talabalar o‘zlari boldir-oshiq bo‘g‘imi shikastlanganda qo‘llaniladiganetiksimon gipsli boglamqo‘yishdi. Bundan tashqari ochiq dars davomida talabalar ikki guruhga bo‘lingan holda ularga vaziyatli masalalar berildi. Talabalar vaziyatli masalaga yechim va javoblar berishdi. Ochiq dars qiziqarli savol-javob va ijobiy taassurotlar bilan yakunlandi.

 

 

   

 Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan