DIQQAT E’LON!!!

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

MA’LUMOT XATI

Amaliy tibbiy mahorat bo’yicha “I-Xalqaro talabalar olimpiadasini” o‘tkazish to‘g‘risida

Hurmatli hamkasblar!

Toshkent tibbiyot akademiyasi 2021 yil 26-27 oktyabr kunlari tibbiyot va farmakologiya oliy o‘quv yurtlarining barcha qiziqqan talabalarini  “Tibbiyot mohirlari” tibbiyot amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha 1-Xalqaro talabalar olimpiadasida ishtirok etishga taklif qiladi.

Olimpiada quyidagi fanlar bo‘yicha oflayn rejimda o‘tkaziladi:

  1. Tibbiy va biologik fanlar:
  2. Normal fiziologiya
  3. Patologik fiziologiya
  4. Tibbiy kimyo
  5. Farmakologiya
  6. Anatomiya
  7. 6. Mikrobiologiya
  8. Gistologiya

 

  1. Klinik fanlar:

 

  1. Bo‘lim – Terapevtik:
  2. Terapiya
  3. Nevrologiya

 

 

  1. Bo‘lim – Reproduktiv salomatlik va pediatriya:
  2. Pediatriya
  3. Akusherlik va ginekologiya

 

  1. Bo‘lim – Jarrohlik:
  2. Jarrohlik (bolalar jarrohligi)
  3. Oftalmologiya
  4. LOR
  5. Anesteziologiya va reanimatsiya
  6. Urologiya

Olimpiada dasturi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Jamoaning salomlashuvi – oldindan yozib olingan video, unda 5 daqiqa ichida jamoalar o‘z oliy o‘quv yurtini va o‘z jamoasini taqdim etishi, so‘ng uni TTA tashkiliy qo‘mitasiga yuborishi kerak.

Biotibbiyot fanlari uchun:

  1. Masala yechish + shu masalaga oid amaliy ko‘nikmalarini namoyish etish.
  2. Laboratoriya va instrumental tadqiqotlar o‘tkazish.
  3. Manual ko’nikmalarini ko’rsatish.

Klinik mavzular uchun:

  1. Simulyatorda masala yechish (virtual bemor) + berilgan masala uchun tegishli amaliy ko‘nikmani namoyish etish.
  2. Simulyatorlar va ko‘ngillilarga shoshilinch yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari.
  3. Manual ko‘nikmalarini ko‘rsatish.

Olimpiadada 2-6 kurs talabalari ishtirok etishlari mumkin. Har bir universitetdan 6 nafar talabadan iborat bitta jamoa taklif qilinadi. Jamoa a’zolari shunday tanlanishi kerakki, 1 talaba bir nechta fanlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni bajara olsin. Barcha musobaqalarda eng ko‘p ball to‘plagan universitet jamoasi g‘olib bo‘ladi, jamoalar va individual g‘oliblik uchun nominatsiyalar ham bo‘ladi. Olimpiada o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi.

Video va topshiriqlarni baholash mustaqil ekspertlar – hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan standartlashtirilgan nazorat varaqalarini to‘ldirish va to‘plangan ballar miqdorini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tekshirish varaqalarining mazmuni bir kun oldin Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi va Olimpiada ishtirokchilari uchun sir hisoblanadi.

Iltimos, olimpiada ishtirokchilari ro‘yxatini 2021 yil 15 oktyabrgacha tegishli universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlab, elektron pochta manziliga yuboring: medolympiad2021@mail.ru

 

 Dastur va qo‘shimcha ma’lumotlar olimpiada saytida keltirilgan.

Amaliy tibbiy mahorat boyicha “I-Xalqaro talabalar olimpiadasida” ishtirok etish uchun ariza namunasi:

(Universitetning rasmiy blankasida yozilgan)

TTA talabalar olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasiga

Ishtirokchilar ro‘yxati

F.I.Sh. Fakultet va boshqich Bog‘lanish uchun ma’lumot F.I.Sh.
1. Karimov Sanjar Anvarovich Davolash fakulteti,
4-kurs
karimov21@mail.ru
Telegram: +998909203054
WhatsApp: +998909203054
Professor
Nazarov U.Y.

Rasmiy imzo:                                                                                       muhr:

Sana:

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2021 yil 15 oktyabrgacha.

Olimpiada 2021 yil 26-27 oktyabr kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasi Simulyatsiya markazida bo‘lib o‘tadi. Boshlanishi Toshkent vaqti bilan 9.00 da.

Olimpiadani tashkil etish uchun mas’ul shaxslar:

F.I.Sh. Lavozimi Telefon
AZIZOVA
Feruza Lyutpillaevna
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor +998-781507802
BOYMURODOV
Shuhrat Abdujalilovich
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor +998-781507801
ВOBOMURATOV

Turdiqul Akramovich

Yoshlar bilan ishlar bo‘yicha prorektor +998-711507803
XOLMATOVA
Barno Turdixodjaevna
1-Davolash fakulteti dekani +998-712148412
ISRAILOVA
Jahongir Jamshidovich
Xalqaro fakultet dekani +998-909009998
DJURAEVA
Gulnoza Tulkunovna
Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i +998-977346556
TODJIBAEVА
Ra’no Baxadirovna
Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi +998-946872789
SADIKOVA
Saida Inamjanovna
2-son ichki kasalliklar kafedrasi katta oqituvcisi +998-909597356
RASULOVA
Dilbar Kamalitdinovna
Nevrologiya kafedrasi dosenti +998-901766803
ISKANOVA
Gulshan Xaldarovna
2-bo‘lim Reproduktiv salomatlik va pediatriya kafedrasi dosent +998-944184422
YUSUPOVA

Baxtigul Jumabaevna

Аnesteziologiya va Reanimatologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi +998-903175661

Translate: Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan