Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Talabalar kengashi raisi, 1-SON Davolash fakulteti 5-bosqich talabasi Sobirov Akbar Begalievich Belorus Davlat tibbiyot universiteti Rektorining taklifiga binoan ikki tibbiy oliy ta’lim muassasalari Talabalar kengashlari o’rtasida hamkorlik masalalari yuzasidan kelishuv imzolash uchun Minsk shahriga rasmiy tashrif bilan jo’nab ketdi. Tashrif chog’ida BDTUda talabalarga yaratilgan sharoitlar, tibbiy ta’lim tizimining tashkillashtirilishi va o’ziga xos xususiyatlari o’rganiladi va O’zbekistondagi shart-sharoitlar ma’lumot yuzasidan taqdim etiladi. Hamkorlikdan ko’plab natijalar kutilmoqda va bu albatta, tibbiy ta’limimizning yanada rivojlanishiga, akademiyamizning reytingini oshirilishida munosib hissasini qo’shadi. Akbar Sobirov muzokaralar o’tkazishdagi qobiliyati va ko’nikmalari albatta, bildirilgan ishonchni oqlay oladi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi