Raqobatbardosh, erkin fikrlay oladigan, qobiliyatli zamonaviy shifokorlarni tarbiyalashda bugungi singari olimpiadalarning o‘rni naqadar muhimligi hususida mulohazalar bildirildi. Mazkur olimpiada jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 11 ta tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan bir qatorda MDH davlatlari tibbiyot oliygohlari talabalar jamoalari ishtirok etdilar.
Bir vaqtning o‘zida Toshkent tibbiyot akademiyasining klinik bazalari va kafedralarida amaliy ko’nikmalar sinovdan o‘tkazildi. Olimpiadaning 1-kuni jamoalar simulyator robotlar, fantom va manekenlarda yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni namoyish etadilar. Dastavval “TIBBIYOT MOHIRLARI” deb nomlangan olimpiadaning ochilish marosimi o‘tkazildi. Tantanali tadbirda so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasi oliy tibbiyot yurtlari zimmasidagi yuksak va sharafli mas’uliyat to‘g‘risida gapirdilar. Ayni daqiqalarda “Tibbiyot mohirlari” nomi bilan 26 oktyabr Toshkent tibbiyot akademiyasida start olgan 1- xalqaro olimpiadaning yakuniy yopilish marosimi o‘tkazilyapti. Ikki kun davomida tashkil etilgan tadbirlarda ta’kidlanganidek, bilimlar sinovi yakun topmadi, aksincha endi bu amaliy ko‘nikmalardan olingan saboqlar ishtirokchilarning ilmiy muloqotlari, do‘stona munosabatlarida uzoq yillar davom etadi.
Shundan so‘ng tadbirning eng hayajonli unitilmas daqiqalari boshlandi. Sahnada talabalarning olqishlari bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi professorlari tomonidan olimpiadaning barcha yo‘nalishlarida faol ishtirok etib samarali natijalarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar taqdirlandilar. E’lon qilingan nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar nomi birma-bir e’tirof etilib, esdalik. Sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi. Biz navbatdagi sahifalarimizda «Tibbiyot Mohirlari» 1- xalqaro olimpiadasi g‘oliblari nomini alohida e’tirof etamiz.
Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati