YEVROPA UROLOGLARI MAKTABI – O’ZBEKISTON UROLOGLARI PLENUMI

Ўзбекистон урологларининг Пленуми

MAʹLUMOT XATI – https://uzbek-urology.org/

O‘zbekiston urologlar ilmiy jamiyati, «Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy urologiya tibbiyot markazi» DK, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi Evropa urologlar maktabi bilan hamkorlikda 2021-yil 8-9-noyabrь kuni Toshkent shaxrida onlayn tartibda o‘tkaziluvchi «Urologiyaning ahamiyatli vazifalari» nomli O‘zbekiston urologlarining Plenumi o‘tkazilishi haqida xabar beramiz.

Plenum doirasida Respublikaning, MDH mamlakatlari va uzoq xorijiy davlatlarning etakchi urologlarining ma’ruza bilan chiqishlari, yosh urolog shifokorlar uchun seminarlar (master klass) o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Plenum materiallari maxsus to‘plamda nashr etiladi.

Tezislar Orgkomitet manziliga 2021-yil 1 avgustga qadar jo‘natilishi kerak.
Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tilida e-mail ga yuborilishi mumkin. Aloxida varoqda (faylda) har bir muallifning to‘liq familiya, ismi va sharifi, ilmiy daraja va unvoni, muloqat uchun elektron manzili va telefoni ko‘rsatilishi zarur. Faks orqali jo‘natilgan ishlar qabul qilinmaydi.

Matn Microsoft Word dasturida Times New Roman shrifti, 12 o‘lchamda, bir intervalda terilgan, bir varoqdan (A4 varoq xajmda) ko‘p bo‘lmagan holda va jadvallarni saqlashi mumkin (rasmlarsiz) holatda bo‘lishi kerak. Qisqartmalar matnda yoyilib ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Fayl nomi birinchi muallif (ajratilgan xolda) va hammualliflarning F.I.Sh., tezis raqami (agar bir necha ishlar taqdim etilayotgan bo‘lsa, lekin 3 ta tezisdan ko‘p emas) o‘zida saqlashi kerak.

Sarlavha quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi: birinchi qator – ishning nomi katta harflarda; keyingi qator muallif(lar)ning familiyasi(lari), ismi va sharifining bosh harflari, uchinchi qabor – tashkilotning nomi, shaxar, davlat, so‘ng – maqolaning asosiy matni.

Talablarga mos tartibda rasmiylashtirilmagan tezislar ko‘rib chiqilmaydi va qaytarilmaydi.
Tezislarni quyidagi manzilgan jo‘natish zarur: 100109, Toshkent shaxar, Olmazor tumani, Shifokorlar ko‘chasi, 1-uy javobgar kotib Abdufattaev U.A. ga (e-mail: uroplenum2021@gmail.com).

Ma’ruza qilish uchun so‘rovnomalar 2021-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi.
Ma’ruzalarni tezis ko‘rinishida e-mail orqali jo‘natishingizni so‘raymiz.
Ma’ruzalarni tanlab olish xuquqini orgkomitet o‘zida qoldiradi.

Plenum haqidagi ma’lumot Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy urologiya tibbiyot markazi rasmiy saytida – www.rscu.uz da joylashtiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishingiz mumkin: +998 (71) 1506584, 1506567. E-mail (dr_shavakhabov@mail.ru): – ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Shavaxabov Shavkat Shonasirovich.

prof. Farxod .A. Akilov

O‘zbekiston Respublikasi Urologlar jamiyati raisi 

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan