Toshkent tibbiyot akademiyasida “Aholi orasida tabiiy va is gazidan zaharlanishning oldini olish” bo‘yicha maxsus  o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasida “Aholi orasida tabiiy va is gazidan zaharlanishning oldini olish” bo‘yicha maxsus  o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda Olmazor tumani Favqulotda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Shavkat Nigmatovich Ibragimov va  bo’lim hodimlari, “16-sonli Yong‘in qutqaruv qismi” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari,  Toshkent tibbiyot akademiyasi talaba-yoshlari va professor o’qituvchilari ishtirok etishdi. Mashg’ulot oldidan bugungi kunda is gazidan zaharlanishning oldini olish, is gazi va tabiiy gazdan zaharlanish holatlari yuzasidan misollar keltirib o’tildi.

Mashg‘ulotda:

Is gazidan zaxarlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashining  oldini olish va ogohlantirish;

Yong‘in xavfsizligi talablari, isitish moslamalari va pechlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish va shoshilinch evakuatsiya qilish qoidalari;

Hayot faoliyati xavfsizligi to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qildi.

Tadbir davomida mutaxassislarning mavzuga oid ko’rgazmali amaliy chiqishlari namoyish etildi va tabalalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar berishga harakat qilishdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan