FVV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo’lib o’tdi

FVV

Ma’lumki kuzgi-qishki isitish mavsumida sodir bo‘layotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati tabiiy gazdan foydalanishga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi natijasida tabiiy va is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog‘liq.

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o‘rtasida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, gaz-havo aralashmasi chaqnashini, tabiiy va is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish va bu borada ularning savodhonligini oshirish maqsadida Olmazor tumani yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hodimlari Z.G’oyibnazarov, M. Murodovlar bilan hamkorlikda navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish, zaharlanish holatlari yuz berganda shoshilinch yordam ko‘rsatish choralari, talabalar turar joylarida, ijara va o‘z yashash uylarida gaz uskunalaridan foydalanish yo‘riqnomalari, shuningdek yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida ko‘rsatmalar berildi. Tadbir davomida yoshlarni ogohlikka chorlovchi film namoyish etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan