BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “25 noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni” deb e’tirof etilgani munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi xotin-qizlar kengashi tomonidan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahar hokimligining Olmazor tumanidagi “Ma’rifiy targ‘ibot markazi” bosh mutaxassisi D.F.Tadjibaeva, Toshkent shahar hokimligining Olmazor tumanidagi “ Diniy ma’rifiy” bo‘limi bosh mutaxassisi Rajabiy Mirzaniyoz va TTA talaba yoshlari ishtirok etdilar.
Davra suhbati ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir so‘ngida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki ayol qadrlangan yurtda ayol doim e’zozda, hurmatda bo‘ladi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi