Seul shahrida O‘zbekiston va Janubiy Koreya tibbiyot ta’lim muassasalari o‘rtasida Anglashuv va Hamkorlik memorandumlari imzolandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) rektori Alisher Shodmonov boshchiligidagi delegatsiyaning Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida Pusan va Seul milliy universitetlari shifoxonalari, Korьyo universiteti Global sog‘liqni saqlash strategiyasi markazi, Asan tibbiyot markazi hamda qator klinikalar rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Koreya universitetlari professorlarining TTAning xorijiy o‘qituvchilari sifatidagi faoliyati, ilmiy jurnallarni birgalikda retsenziyalash, TTAning JCI xalqaro akkreditatsiyasini olishi uchun maslahat berish maqsadida Janubiy koreyalik mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha erishilgan kelishuvlardan tashqari, tomonlar O‘zbekiston va Janubiy Koreyada turli xil koronavirus vaktsinalaridan foydalanish samaradorligini qiyosiy o‘rganish, ayrim farmakologik dorilarni hayvonlarda tajriba tariqasida sinab ko‘rish, shuningdek, boshqa tegishli tibbiy-biologik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga ham kelishib oldi.
Uchrashuv va muzokaralar yakunida Anglashuv va Hamkorlik to‘g‘risda tegishli memorandumlar imzolandi.