Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o‘rtasida 2022-yil 12-24 yanvar kunlari “Oilam –mening hayotim” mavzusida ijodiiy insholar, videoroliklar va nazm turlari bo‘yicha onlayn tanlov bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda oilaning muqaddasligini, ota-ona va oila a’zolarning mehrini eng chiroyli tarannum etgan 60 dan ortiq talabadan eng sara ijodiy ishlarining uch nafari g‘oliblikka nomzod qilib ko‘rsatildi.
Tanlov natijalariga ko‘ra :
1-o‘rin – 1- Davolash ishi fakulteti 2 bosqich talabasi – Suyunova Munisa Sharifovnaga – 1 000 000 so‘m;
2-o‘rin –Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi 1 kurs talabasi Sobirov Yusuf Qaxramonjon o‘g‘liga –700 000 so‘m;
3- o‘rin – 1 – son davolash fakulteti 2 – bosqich talabasi Boqiyev Jahongir Nodirjon o‘g‘li – 500 000 so‘m miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi