Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o‘rtasida 2022-yil 12-24 yanvar kunlari “Tibbiyotning barhayot siymolari” mavzusida ilmiy-ijodiy ishlar bo‘yicha onlayn tanlov bo‘lib o‘tdi. Bu yo‘nalishda talabalar o‘zlari havas qilgan tibbiyot sohasi fidoiylari, akademik, professor ustozlarning hayot yo‘li, ilmiy izlanishlari va jonkuyar shifokorligi to‘g‘risida materiallarini ilmiy maqola, ijodiy insho, rassomchilik va videorolik tarzda tanlovga yuborishdi. Tanlovdagi eng munosib deb topilgan ishlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra :
1-o‘rin – Tibbiy pedagogiika va xalq tabobati fakulteti talabasi – Sultonbekova Muslima O’tkirbek qizi – 1 000 000 so‘m;
2-o‘rin –Tibbiy pedagogiika va xalq tabobati fakulteti talabasi G‘ofurova Gavhar Botir qizi – 700 000 so‘m;
3- o‘rin 2- davolash fakulteti talabasi Raxmatullayeva Gulira’no Sirojiddin qizi- 500 000 so‘m miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi