14-FEVRAL – ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUN MUNOSABATI BILAN SHE’RXONLIK KECHALARI TASHKIL ETILDI

Gʻaflat uyqusidin uyg‘on, gar tilar bo‘lsang murod…

O‘zbek adabiyotining buyuk siymolaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini qayta-qayta o‘rganish, mutolaa qilish ummon tubidagi yangi gavharlarni izlab topish bilan barobar. Buyuk shoirning she’r va g‘azallarini, ruboiy va masnaviylarini o‘qir ekansiz, ko‘ngilning betakror va beozor jilolariga, mehr sarchashmasining zilol mavjlariga guvoh bo‘lasiz. Shoir o‘zining bir she’rida yorning qaynoq muhabbatidan jon olib, jon berguvchi ekanligini tasvir etsa, yana bir she’rida olamga yaxshilik ko‘zi bilan qarashni, vafo va sadoqat yo‘lida murodga yetmoqlikni ixtiyor etadi.

Fevral oyida mamlakatimizda bir davrning ikki buyuk dahosi Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan sanalar ketma-ketlikda nishonlandi. Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari ham mazkur ma’naviyat tadbirlarini ARM qoshidagi «Ibn Sino izdoshlari» kitobxonlar klubi va «Doktor Reporter» ijodkor yoshlar klubi faollari ishtirokida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazdilar. Akademiyaning TTJlari qoshidagi ARM shahobchalari faol  kitobxonlar bilan gavjum bo‘ldi. Bo‘lajak shifokorlar she’rxonlik va g‘azalxonlik, Navoiy va Bobur, Ibn Sino asarlaridagi hamohanglik  yuzasidan bahs munozaraga kirishdilar.

Shunday tadbirlar Toshkent tibbiyot akademiyasi Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan so’z mulkining sultoni, shoir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy va Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy merosini o‘rganish” mavzusida TTA fakultetlarida davom etmoqda. She’rxonlik kechalari TTJning 5-, 7-, 8-TTJlarda bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda shoirlarning g‘azallaridan parchalar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

             

               

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan