2022 yilning 15 fevral sanasida yuqori malakali va ko‘p yillik ulkan xayotiy tajribaga ega bo‘lgan shifokorlar, Toshkent tibbiyot akademiyasining professor-o‘qituvchilari hamda talabalaridan tarkib topgan targ‘ibot guruhi aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibotini boshladi.
Shunisi quvonarliki, Toshkent shahrining Olmazor tumani hududida joylashgan mahallalar va maktablarda targ‘ibot ishlarini olib borayotgan ushbu guruh tarkibida ulkan hayotiy tajriba va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda tibbiyotning kelajagi bo‘lgan yosh o‘g‘il-qizlar, yani akademiyaning turli fakultetlari hamda turli bosqichlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar o‘z tashabbuslari bilan ko‘ngillilar qatorida targ‘ibot ishlarida ishtirok etmoqdalar.
Targ‘ibot guruhi a’zolari Olmazor tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 28-umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari o‘rtasida COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham aholining sog‘lig‘i, jismonan salomatligi, sog‘lom hayot kechirish darajasiga ko‘rsatgan ta’siri, koronavirus infektsiyasi avvalo yurak-qon tomir va nafas olish yo‘llari hamda semizlik (ortiqcha vazn) kasalligiga chalingan fuqarolarimizning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishini atroflicha tushuntirib o‘tishdi. .
Barchaga bundan jiddiy xulosa qilgan holda zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, xususan tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslikni, bir so‘z bilan aytganda, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotimizga aylantirishimiz zarur ekanligini yetkazishdi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi