Toshkent tibbiyot akademiyasining professor-o’qituvchi va o’quvchilari tashabbusi bilan sog’lom turmush tarzi targ’iboti boshlandi.

2022-yil 15-fevral kuni Akademiyaning ulkan hayotiy tajribasiga ega bo’lgan professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalari o’z tashabbuslari bilan ko’ngillilar qatorida targ’ibot ishlarida ishtirok etdi.

Targ‘ibot guruhi a’zolari Olmazor tumanidagi 28-umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari o‘rtasida COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham aholining sog‘lig‘i, jismonan salomatligi, sog‘lom hayot kechirish darajasiga ko‘rsatgan ta’siri, koronavirus infektsiyasi avvalo yurak-qon tomir va nafas olish yo‘llari hamda semizlik kasalligiga chalingan fuqarolarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tushuntirildi.

Shuningdek, bundan jiddiy xulosa qilgan holda zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish, xususan tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslikni, bir so‘z bilan aytganda, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotimizga aylantirishimiz zarur ekanligini yetkazildi.

 

 

 

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan