E`LON!!!

Davlat ekologiya qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik jamg‘armasining “O‘zbekistonda global isish salohiyati past va ozonni yemirish qobiliyati bo‘lmagan energiya samarador texnologiyalarini joriy etish orqali GXFUni butunlay iste‘moldan chiqarish” qo‘shma loyihasi doirasida “Ozon qatlami va hayot” deb nomlangan ozon qatlamini muhofaza qilishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilindi. Tanlovga 2022yil 1 martdan 2022 yil 31 iyulga qadar ushbu mavzuda ilmiy ish olib borgan yoki olib bormoqchi bo‘lgan bakalavr, magistr va doktorantlardan veb-platformalarda yoki ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalar qabul qilinadi. Konkurs ikki nominatsiya bo‘yicha bo‘lib o‘tadi : Markaziy osiyo muammolari bo‘yicha eng yaxshi maqola Dunyo miqyosidagi muammolar bo‘yicha eng yaxshi maqola.

Qoshimcha ma’lumotlarni ilovada keltirilgan fayl orqali olishingiz mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan