«OLIMA AYOL» TANLOVI!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va
xotin-qizlarni tizimli qoʻllab quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmoni 5.2-bandi ijrosini taʼminla maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi bilan birgalikda amaliy va innovatsion loyihalar boʻyicha “Olima ayol” tanlovini oʻtkazishini maʼlum qilamiz. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar
https://grant.mininnovation.uz davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2022-yilning 2-mayiga qadar elektron shaklda qabul qilinadi. Loyiha ijrochilarining tarkibi faqat xotin-qizlardan iborat boʻlishi, ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi, shuningdek ilmiy jamoada yosh olimlar, iqtidorli talaba va magistrantlar ishtirok etishi lozim. Ushbu tanlovda siz rahbarlik qilayotgan muassasaning yosh olimlari oʻz loyihalari bilan ishtirok etishlari tavsiya qilinadi.

Tanlov haqidagi qaror 3-19-4-1-2186

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan