Mamlakatimiz ulug‘ shifokorlarga boy. Ularning ko‘pchiligining nomi tibbiyot tarixiga kirgan, o‘z burchiga, kasbiga, Vatanga halol xizmat qilish namunasidir.
Epidemiologiya kafedrasi xodimlari kafedrada oldin faoliyat yuritgan faxriy ustoz, Ibodova Muhtabar Qodirovnaning xonadoniga tashrif buyurdi.
Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir.
Nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash akademiyada an’anaga aylangan.