Xabaringiz bor, Oliy va urta maxsus talim Vazirligi, Vazirlik xuzuridagi ma’naviyat va ma’rifat markazi, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi va Yoshlar Ishlari Agentligi hamkorlikda Oliy ta’lim mussalari talaba yoshlari o’rtasida»Yilning eng faol talabalar teatrlari studiyalari» respublika tanlovini e’lon qilgan edi. Joriy 15-may kuni O’zbekiston san’at va madaniyat instituti teatri binosida tanlovning Olmazor va Uchtepa tumanlaridagi barcha OTM lar o’rtasida 2-mintaqaviy bosqich bo’lib o’tdi. Tanlovda : Toshkent Davlat Texnika Universiteti Said Axmadning «Korako’z majnun»asari, Toshkent Davlat Milliy Universitetining «Ibrat» teatr studiyasi Said Axmadning «Ufq» romani, O’zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti Tog’ay Murodning «Ot kishnagan oqshom» qissasi va Toshkent Tibbiyot Akademiyasining «Darmon» teatr studiyasi Muxammad Yusufning «Qora quyosh» dostoni asosida yaratilgan spektakllari bilan munosib ishtirok etishdi. Tanlovda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talaba yoshlari nafaqat tibbiyot sohasida balki, san’at sohasida ham yetarlicha iqtidorga ega ekanliklarini ko’rsatgan holda g’oliblikka munosib deb topildi va keyingi bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.