ABITURIENTLAR DIQQATIGA!!! QABUL 20 IYUNDAN BOSHLANADI

Qabul 2022

ABITURIENTLAR DIQQATIGA!!! QABUL 20 IYUNDAN BOSHLANADI

2022/2023 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezidentning «Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq “2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilindi.

Unga ko‘ra o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari umumiy kvotasi 121 395 nafar etib belgilandi.

👉BAKALAVRIAT – 110 707 nafar:

kunduzgi ta’lim shakliga – 77 477 nafar;

sirtqi ta’lim shakliga – 26 095 nafar nafar;

kechki ta’lim shakliga – 3 725 nafar;

masofaviy ta’lim shakliga – 3 410 nafar;

👉MAGISTRATURA – 10 688 nafar.

✔️ Shuningdek, moliyaviy mustaqillik berilgan 36 ta davlat oliy ta’lim muassasalari to‘lov-kontrakt bo‘yicha yana 50 mingdan ortiq qabul parametrlari Kuzatuv kengashlari qarori bilan tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Natijada joriy o‘quv yilida qabul parametrlari o‘tgan yilga nisbatan oshadi.

✅ 2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga abiturient sifatida ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari 2022 yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (joriy kun ham) bo‘lib o‘tadi. Bunda onlayn ro‘yxatdan o‘tish:

👉 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;

👉 Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali orqali amalga oshiriladi.

Joriy yil ham 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash mumkin

Qarorga ko‘ra abiturientlarga:

➡️ test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash huquqi beriladi;

➡️ ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan