Hurmatli abiturientlar!
Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro fakultetining bakalavriat bosqichiga hujjat topshirgan chet ellik fuqarolar diqqatiga:
– Suhbat 20 avgust – shanba kuni soat 11.00 da (Toshkent vaqti bilan) bo‘lib o‘tadi;
– bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish uchun suhbat: umumiy intelektual darajasi, kasbiy ishtiyoqi va o‘qishga kirish sabablari hamda ta’lim yo‘nalishiga muvofiq keluvchi fanlar ya‘ni kimyo va biologiya bo‘yicha egallangan bilim darajasi baholanadi.
Suhbat ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladi.
Kirish paytida ZOOM ilovasida toʻliq ismingizni kiritganingizga ishonch hosil qiling.
F.I.Shsiz suhbatdan o‘tishga ruxsat berilmaydi.
Translate: Рус