Kuni kecha Toshkent tibbiyot akademiyasiga Germaniyaning yetakchi OPASCA kompaniyasi, Mannxaym (UMM) va Frayburg universitet (UKF) klinikasidan delegatsiya vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Аkademiya rektori A.Shadmanov xorijlik vakillarni Аkademiyaning bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlari bilan yaqindan tanishtirdilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida Akademiya rektori A.Shadmanov, UMM bosh direktori F.Bergmann va OPASCA bosh direktori Dr.Sverdlov tomonidan Аkademiya qoshida Germaniya tajribasiga asoslangan onkologiya sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha mintaqaviy markaz – Xalqaro oliy onkologiya maktabi (XOOM) tashkil etish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi.
Xususan, mazkur maktab faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan quydagi mutaxassisliklar: “Onkolog”, “Radioterapevt”, “Tibbiy fizik”, “Texnik-radiolog – chiziqli tezlatkich operatori”, “Onkolog-kimyoterapevt”, “Radionuklid diagnostika doktori”, “Bolalar onkogematologi”, shuningdek mutaxassisliklar: «Tibbiy axborot tizimlari bo’yicha mutaxassis», «Sog’liqni saqlash menedjeri” kabi yo’nalishlar belgilandi.
Ma’lumot o’rnida aytish joizki, XOOM qoshida “Tibbiy fizika” mutaxassisligi bo’yicha magistratura yo’nalishini tashkil qilish dastlabki muhim bosqich vazifasini o’taydi.