Misr Arab Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi Tashqi ishlar vazirligiga nota yo‘llab, ushbu mamlakat Oliy ta’lim vazirligi tomonidan
2022-2023-o‘quv yilida xorijiy talabalarga Misr oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat va aspirantura bosqichlari uchun «Misrda ta’lim ol» tashabbusi doirasida ta’lim grantlariga qabul boshlanganini ma’lum qilgan. Ma’lumot o‘rnida, ushbu grant dasturi doirasida Misr oliy ta’lim muassasalarida mavjud barcha ta’lim sohalarida, xususan, tibbiyot, muhandislik va axborot texnologiyalari kabi ta’lim yo‘nalishlarida grantlar e’lon qilingan Hujjatlar onlayn shaklda https://admission.study-in-egypt.gov.eg/ saytida topshiriladi. Batafsil ma’lumot ilova qilingan (ingliz tilida). Oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurs talabalarini ushbu grant dasturi to‘g‘risida xabardor qilishingizni so‘raymiz.