Toshkent tibbiyot akademiyasi «Epidemiologiya» kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda «Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi» fakulteti 4-kurs talabalari bilan hamkorlikda joriy yilning 24-oktabr kuni iqtidorli talabalar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.
«Zakovat» intellektual o‘yini boshqa intellaktual o‘yinlaridan farqli ravishda innovatsion tarzda tashkil etildi. Ushbu o‘yinda qatnashuvchi talabalar tashkilotchilar tomonidan guruhlarga ajratildi va savollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘yin jarayonida taqdim etildi. O‘yinda jami 4 ta jamoa ishtirok etdi. O‘yin juda qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. G‘oliblar va ishtirokchilar kafedra jamoasi tomonidan tashkil etilgan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.