Toshkent shahar yoshlar markazida 2022-yil 8-noyabr kuni “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan tadbir tashkillashtirildi. Unda, Akademiya rektori A.Shadmanov so’zga chiqib, oʻz kasbiga fidoyi boʻlgan kasb egalarini – Toshkent tibbiyot akademiyasi maʼmuriyati va jamoasi nomidan chin yurakdan samimiy qutlab, xalq salomatligi yoʻlidagi ishlari hamisha bardavom boʻlishini tiladi.
Aytish joizki, tashkil etilgan mazkur bayram tadbirida 35 nafar Akademiya professor-o’qituvchilari va xodimlari diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, mazkur musiqiy-badiiy tadbir orqali, shifokorlarning jamiyatimizda tutgan o‘rni, nufuzi e’tirof etildi. Yo‘ldoshi fidokorona mehnat bo‘lgan shifokorlar sha’niga eng samimiy tilaklar yangradi. El ardog`idagi san`atkorlarning kuy-qo`shiqlari yig`ilganlarga bayram kayfiyatini ulashdi.