Toshkent tibbiyot akademiyasining tibbiy pedagogika fakulteti 6-kurs talabasi G’ulomova Shahloxon Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan «Biznesga birinchi qadam» tanlovining Respublika bosqichi g’olibi bo’ldi. Tanlov tashkilotchilari tomonidan 60 000 000 so’mlik grand bilan taqdirlandi. Iqtidorli talabamiz ushbu tanlovda o’zining «BioPropolis» loyihasi bilan ishtirok etdi. Bu loyiha propolisdan turli xil tabiiy dori vositalari ishlab chiqishga qaratilgan bo’lib, ko’pgina kasalliklarni, shu jumladan: gemaroy, turli teri kasalliklari, stomatit va gingivit kabi kasalliklarni davolovchi ta’sirga ega.
Ma’lumot o’rnida aytish joizki, G’ulomova Shahloxon joriy yilda TTA tomonidan ta’sis etilgan Akademik Abdullaxo‘jaeva Malika Samatovna nomidagi stipendiyasi soxibasi va «Yil talabasi-2022» tanlovining «Yilning eng namunali tadbirkor talabasi» nominatsiyasini qo’lga kiritgan edi.