«JIGAR» iga jigarini berganlar

Jigar

Siz suratda ko‘rib turgan bemor Xorazmlik Asad Qodirbergenov. Yaqinda 22 yoshli bemorda jigar transplantatsiyasi amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Mazkur surat uning og‘ir operatsiyasidan 1 kun keyingi holati. Uning ko‘zlaridagi hayotga tashnalikni ko‘ryapsizmi… Axir yaqindagina uning yaqin qarindoshi jigaridan bir parchasini berdi.Asadjon yangidan hayotga keldi. Bir inson o‘z brodari oldidagi burchining mingdan birini bajarganidan taskin topdi. Tibbiyot, huddi shunday insoniylikka asoslangan ezgulik uchun xizmat qilishi va bu yo‘lda kunda bir yangi ilm o‘rganishi kerakligini yana bir bor isbotlab qo‘ydi.

Jigar

Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmatiga xirurgiya va transplantologiya kafedrasi xodimlari tomonidan yuborilgan xabarda professor M. M. Akbarov rahbarligida o‘tkazilgan jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli yaqun topgani haqida yozilgandi.

Quyida, doktorlar ta’biri bilan aytganda «tirik turdosh donor»ning yana bir hayotiy qismatini sizning e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

 

Jigar

Bemor kasalxonaga olib kelinganida dekompensatsiya bosqichida edi. Doktorlarga uning jigari tugab borayotganligi oyday ravshan edi. Boisi chuqur laboratoriya tahlillari va o‘tkir anotomik xulosalar bemorning yirik tugunli sirroz tashxisi bilan tug‘ilganligini aytib turardi. Ahvol jiddiy…

Bemor ko‘p emas, oz emas, 7 yil davomida ushbu patologiyadan aziyat chekayotgandi. Har uch oyda statsionar sharoitda davolanib turganiga qaramay ahvoli yana og‘irlashdi. 2020 yilda amalga oshirilgan taloq arteriyasi embolizatsiyasi ham dardni yengillashtira olmadi.Eng achinarlisi yaqinda o‘tkazilgan konservativ terapiya ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmaganidi. Nailoj, bemor dekompensatsiya bosqichida. Buni jigari qurib borayotgan bemorlar his eta oladilar.

Jigar

Bir oy davomida konservativ terapiya o‘tkazilgandan so‘ng qaror qabul qilish fursati yetgandi. Axir hali hayotdan umidini uzmagan bemorni davolashning, unga qayta hayot bag‘ishlashning iloji borku.Shunday qilib orttirilgan tadribalar ijobiy natija bera boshladi. Yuqorida e’tirof etganimizdek, Asadjon singari jigar yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan turli yoshdagi bemorlar darddan halos bo‘lmoqdalar. Shu tariqa tibbiyotning aslida insoniylikka asoslangan asl mohiyati tom ma’noda o‘z isbotini topib boryapti. Biz bugun mazkur kichik maqola orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘magi bilan jigar va buyrak transplantatsiyasini amalga oshirish ishlari mamlakatimizda faol olib borilayotganini yana bir bor eslatib qo‘ymoqchi edik.

Yaqin qarindoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan bu kabi murakkab amaliyot ya’ni jigar transplantatsiyasi mana ikki yildirki, yurtimiz shifokorlari tomonidan muvaffaqiyatli bajarilmoqda.

Jigar

Hozirgi kunda jigar transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazilgan Xorazmlik 22 yoshli bemor Asad Qodirbergenov operatsiyadan keyingi davriy kuzatuvda.

Uning sog‘ligi har 2-3 oyda «Akademik V. Vaxidov nomidagi RIXIATM “Davlat muassasasi” tasarrufidagi va TTA xirurgiya va transplantologiya kafedrasi xodimlari tomonidan nazorat qilinmoqda.

3 Replies to “«JIGAR» iga jigarini berganlar”

  1. Siz buyrak sotib olmoqchimisiz yoki buyragingizni sotmoqchimisiz? Moliyaviy nosozlik tufayli buyragingizni pulga sotish imkoniyatini qidiryapsizmi va nima qilishni bilmayapsizmi, bugun biz bilan bog’laning va biz sizga yaxshi miqdorda pul, shu jumladan, hayotingiz va buyraklaringiz uchun tibbiy sug’urtani taklif qilamiz. . Mening ismim DOCTOR GUS, MOUNT ALVERNIA HOSPITALdagi xalqaro nevrolog maslahatchisi. Bizning klinikamiz Buyrak va boshqa jarrohlik bo’yicha ixtisoslashgan bo’lib, biz tegishli donor bilan buyrak sotib olish va transplantatsiya qilish bilan ham shug’ullanamiz. Biz Singapur, Turkiya, AQSh, Malayziya, Hindistonda joylashganmiz.

    Agar siz buyraklarni sotish yoki sotib olishni xohlasangiz, iltimos, biz bilan bog’lanishdan tortinmang,

    Elektron pochta: contact@mountalverniahospitals.com

    Eng yaxshi ezgu tilaklar bilan
    DR GUS TEO.
    Xalqaro tibbiy maslahatchi. .

    1. Men buyuragimni sotmoqchiman qanday qilib sotsam boʻladi toʻlov qancha boʻlyapdi jigarni buyuragimnimi qaysi qimmat boʻlsa oʻshanisini menga javob yozing

  2. Assalomu alaykum men buyrakmi jigarimni sotaman onam kasal davolanishiga koʻproq pul kerak ekan man hayotimni kechaman onam yashasin uzoq Umir koʻrsin iltmos qilaman yordam qilinglar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan