Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-son oilaviy shifokorlikda ichki kasalliklar kafedrasi dotseni Nuritdinova N.B., normal va patologik fiziologiya kafedrasi dotsenti Boboeva Z.N., klinik farmakologiya kafedrasi dotsenti Po’latova D.B.lar tomonidan tayyorlangan «Arterial gipertenziya sindromining qiyosiy tashxisi. Bemorlarni olib borish taktikasi. Davolash va profilaktika» mavzusidagi integral ma’ruza 2022 yil 29 noyabr kuni soat 15.00da o`tkaziladi.
Integral ma`ruza qatnashchilari: 6-kurs talabalari, pedagoglari, tinglovchilari.
Integral ma`ruza Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son oilaviy shifokorlikda ichki kasalliklar kafedrasining ma`ruzalar zalida o`tkaziladi.