O‘zR FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Qahramoni M.S.Abdullaxodjayevaning 90 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ishtiroki bilan O‘zbekiston patologoanatomlarining IV s’ezdi

IV s’ezdi

 HISOBOTI

“Patologik anatomiyaning dolzarb muammolari”mavzudagi O‘zbekiston patologoanatomlarning IV anjumani 2022 yil 28-29 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tdi.Anjuman O‘zbekiston sog’liqni saqlash vazirligining 2022 yilgi tadbirlar rejasiga muvofiq o’tkazildi (O’zR MZ ko‘rsatma-xat №2022).

Ushbu anjuman O‘zR SSV RPAM,TTAning Patologik anatomiya kafedrasi O‘zR SSV Tibbiy hodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Patologik anatomiyasi kafedrasi  bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan bo‘lib,hozirgi kunning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan.Anjuman 28.11.2022yil“INTERNАTSIONАL”mehmonxonasining Amir Temur zalida bo‘lib o‘tdi. 29.11.2022yil RPAMning anjumanlar zalida bo‘lib o‘tdi.Аnjuman homiylari “Alphamedica”(Rossiya) va “Vizomed” (Qozog‘iston) o‘zlarining tibbiy asbob-uskunalarini ko‘rgazmasini o‘tqazishdi.Anjumanda Dr. Rajan Duggal  (Associate Director and HOD Histopathology and Cytopathology, BLK Super Speciality Hospital, Pusa Road, New Delhi), Dixit Malika Mrs  (Delhi Indiya), Kumar Vikash Mr (Delhi Indiya),Irakli Rtskhiladze, MD, PhD (Tbilisi,Gruziya),Demidova Irina Аnatolevna (ShSSB«Moskva shahri onkologik shifoxonasi №62 DZM»,Moskva sh.,Rossiya), Vorobyev Sergey Leonidovich (Maʼsuliyati cheklangan jamiyat «Klinik- morfologik diagnostika milliy markazi» (S-Peterburg, Rossiya),Kozorezova Yevgeniya Sergeevna (Maʼsuliyati cheklangan jamiyat «Klinik morfologik diagnostika milliy markazi» (S-Peterburg, Rossiya),Konovalov Dmitriy Mixaylovich (Rossiya SSV FGBU«Dmitriy Rogachev nomidagi bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi milliy tibbiy tadqiqot markazi» (S-Peterburg, Rossiya).Sinzerling Vsevolod Аleksandrovich, professor(S-Peterburg, Rossiya).Jumanazarov Nazarbek Аbdunazarovich(X.А.Yassaviy nomidagi TKXU,Qozog‘iston Respublikasi),Daurexanov Asatay Mamedovich(X.А.Yassaviy nomidagi TKXU, Qozog‘iston Respublikasi),Janatbek Indira Janatbek qizi(X.А.Yassaviy nomidagi TKXU, Qozog‘iston Respublikasi),Kopabayev Muratxon Risbekovich (Qozog‘iston Respublikasi,Turkiston viloyati SSB patologik anatomiya byurosi ) of-layn qatnashdilar.

IV s’ezdi

         Ulardan tashqari anjumanda O‘zR FA prezidenti B.S.Yuldashev va 5 akademiklar,O‘zR SSV o‘rinbosarlari A.V.Alimov,E.E. Basithanovalar qatnashdi.

Umuman anjuman ishida O‘zbekistonning barcha hududlaridan 235 nafar mutaxassis,shuningdek, masofaviy rejimda 70 nafar ishtirokchi, hamda Gruziya (2),Hindiston(2), Rossiya Federatsiyasi(9),Qozog’iston Respublikasi (17) vakillari

ishtirok etdi.Ishtirokchilar orasida 17 akademik,42 tibbiyot fanlari doktori, professor,55 tibbiyot fanlari nomzodi, PhD  72 oliy toifali shifokorlar bor.

Anjumanni Sog‘liqni Saqlash vaziri o‘rinbosari A.V.Alimov ochib berdilar.

IV s’ezdi IV s’ezdi

Kirish so‘zida O’zR Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan sog‘liqni saqlash sohasini,jumladan patologik anatomiya xizmatini isloh qilish borasida hamda Respublikamizda xizmatini viloyat va tumanda rivojlantirish,shu bilan birgalikda dunyo bo‘ylab salomatlikka tahdid solayotgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida olib borayotgan ishlari haqida to‘xtalib o‘tdilar.Anjuman qatnashchilarini tabrik-ladi.

Shuningdek, akademik,xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,O‘zbekiston Qahramoni  M.S.Abdullaxojaevaning patologik anatomiya xizmatiga va fanni rivojlanishiga qo‘shgan hissasi va hozirgi kunda bosh muassasa  RPAM faoliyati to‘g‘risida va gapirib o‘tdilar.

IV s’ezdi IV s’ezdi

Tabrik so‘zi bilan chiqqan O‘zR FA prezidenti B.S.Yuldashev,O‘zR SSV o‘rinbosarlari A.V.Alimov, E.E.Basithanova,akademik Sh.I.Karimovlar akademik, xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,O‘zbekiston Qahramoni  M.S.Abdullaxo‘jaevani yodga olishib, ilm-fanda, ta’limda va amaliyotdagi yutuqlarini ahamiyati va dolbzarligini qayd etishdi.

Anjumanni tabriklash qismi tugallanib bo‘lgach, ma’ruzalar boshlandi.

Anjumanda quyidagi mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar:

 

Magrupov Boxodir Аsadullaevich

 t.f.d., professor

(O‘zR TXKMOM. Toshkent sh., O‘zbekiston)

Аkademik Malika Samatovna Аbdullaxojaevaning hayoti va faoliyati
                    M.S. Аbdullaxoʼjaeva togrisida filmni namoyishi
Аripova Tamara Oktamovna,

O‘zR FА akademigi (O‘zR SSV Immunologiya ITI, Toshkent sh., O‘zbekiston)

Аkademik M.S. Аbdullaxojaevaning transplantatsion immunologiya rivojlanishiga qoshgan xissasi

 

Sinzerling Vsevolod Аleksandrovich, professor. (S-Peterburg, Rossiya).

 

 

O‘pkalar infektsion zararlanishlarining patologik anatomiyasini dolzarb muammolari

 

Demidova Irina Аnatolevna

(ShSSB«Moskva shahri onkologik shifoxonasi №62 DZM»,Moskva sh.,Rossiya) .

Xavfli o‘smalarda «Molekulyar-genetik sinovlash. Shaxsiy tajriba»

 

Vorobyev Sergey Leonidovich (Maʼsuliyati cheklangan jamiyat «Klinik- morfologik diagnostika milliy markazi» (S-Peterburg, Rossiya).

 

Qalqonsimon bezi papillyar karsinomasi–morfologik va molekulyar-genetik diagnostikasi to‘g‘risida zamonaviy qarashlar
Kozorezova Yevgeniya Sergeevna (Maʼsuliyati cheklangan jamiyat «Klinik morfologik diagnostika Milliy markazi» (S-Peterburg, Rossiya)           Bachadon bo‘yni patologiyasini diagnostikasida sitologik va gistologik tadqiqotlarni o‘tqazishda preanalitik bosqichni axamiyati

 

 

Konovalov Dmitriy Mixaylovich

(Rossiya SSV FGBU«Dmitriy Rogachev nomidagi bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi milliy tibbiy tadqiqot markazi» (S-Peterburg, Rossiya).

Sarkomalar diagnostikasi tamoyillari

 

Dr. Rajan Duggal

Associate Director and HOD Histopathology and Cytopathology, BLK Super Speciality Hospital, Pusa Road, New Delhi. (Дели, Индия)

Jigar patologiyalarini diagnostikasining xususiyatlari
Irakli Rtskhiladze                                                     MD, PhD (Tbilisi, Gruziya)        Genetics in pathology

      (Genetika patologiyada)

 

Kvitkova Yelena Mixaylovna

(O‘zR SSV RPАM, Toshkent sh., O‘zbekiston).

Аdenomatoz poliplarni morfologik va molekulyar assotsiatsiyalari
Nishanov Doniyar Аnarbayevich (RIIАTOvaRM,Toshkent sh., O‘zbekiston). O‘zbekiston onkomorfologik xizmatini islohatlanish natijalarini besh yillik natijalari: yutuqlar va ufqlar

 

Mallaev Maksud Muxammadovich (TTА, Toshkent sh., O‘zbekiston) . Meʼda saratonida signal yo‘llarining amaliyotidagi roli

 

Botiralieva Gulrux Komiljonovna

(OOO“Ipsum pathology”,Toshkent sh., O‘zbekiston)

FOXO 1 negativ yumaloqxujayraviy rabdomiosarkomalar tarqanligi va immunomorfologik xususiyatlari

 

Jumanazarov Nazarbek Аbdunazarovich (X.А.Yassaviy nomidagi TKXU, Qozog’iston Respublikasi). Сovid-19 fonida xomilador ayollar o‘limini tahlili

    

Mamirov Baxshillo Raxmatullaevich (O‘zR SSV RIIАShTYoM,Respublika maxsuslashgan Zangi-ota–1 yuqumli kasalliklar shifoxonasi,Toshkent sh., O‘zbekiston) Koronovirus infektsiyasida yo‘ldoshning morfofunktsional xarakteristikasi

 

Eshboev Erkin Аbduxalimovich

(TTА, Toshkent sh., O‘zbekiston)

Onalar o‘limida jigar kasalliklari-

ning patologik anatomiyasi

 

Shukurov Ural Ergashevich

(TTА, Toshkent sh., O‘zbekiston)

Onalar o‘limida immun tizimi morfologiyasi

 

Ubaydullaeva Vladlena Ulugbekovna (O‘zR SSV RIIАShTYoM, Toshkent sh., O‘zbekiston) АKSh va koronar arteriyalarni stentlash oʼtqazgan bemorlarda yurak mushagini qiyosiy morfologik koʼrsatkichlari

 

 

   Vervekina Tatyana Аnatolevna

(O‘zR SSV RIIАShTYoM, Toshkent sh., O‘zbekiston)

O‘t-tosh kasalligida o‘t pufagi o‘zgarishlarining klinik-morfologik xarakteristikasi

 

Bustanov Sherzodbek Yakubovich (АndDavTI, RPАM, Аndijon sh., O‘zbekiston) COVID-19da yurakdagi patomorfologik o‘zgarishlar
Djumabaev Erkin Satkulovich (АndDavTI, Аndijon sh., O‘zbekiston) Oyoq-qo‘llarni qurol jaroxatlarida morfofunktsional buzilishlari va ularni regionar limfatik terapiyasi usullari bilan korrektsiyalash(klinik-eksperimental tadqiqot)
Аllaberganov Dilshod Shavkatovich (TTА, Toshkent sh., O‘zbekiston) Neonatal sepsisda limfa tugunlarining morfologik va morfometrik oʼzgarishi
Madaliev Аxror Аlievich (RIIАTOvaRM,Toshkent sh., O‘zbekiston)

 

Ichak yallig‘lanish kasalliklari jarayonining immuno-morfologik xususiyatlari va malignizatsiya xavfi

 

Matrasulov Roman Sultanovich

(TTА, Toshkent, O‘zbekiston)

Bolalarda nefroblastomaning immunogistokimiyoviy va patomorfologik xususiyatlari
Xudoynazarov Sobirjon Kaxramanovich (O‘zR SSV RPАM, Toshkent sh., O‘zbekiston)

 

Moxov kasalligini davolaщda sulьfon preparatlari va kompleks davolash terapiyasining samaradorligini morfologik asoslash

 

Anjuman qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qilishdi va qizg‘in munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda so‘zga chiqqan olimlar va rahbarlar anjumanning mavzusi to‘g‘ri tanlangani, dolzarb muammolardan onkomorffologiya, o‘smalarning zamonaviy diagnostikasi – immunogistokimiyoviy usuli va uning amaliyotga tadbiq etish zarurligi to‘g‘risida gapirib o‘tishdi. Yana bir dolzarb muammolardan bu – yuqumli kassaliklar, ayniqsa koronavirus infeksiyasi, onalar va bolalar patologiyalaridir.

IV s’ezdi IV s’ezdi

OzR FA akademigi, Oz xizmat korsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Qahramoni M. S. Abdullaxodjayevaning 90 yilligiga bagishlangan xalqaro ishtiroki bilan O‘zbekiston patologoanatomlarining IV s’ezdi

Qarori

O‘zbekiston patologoanatomlarining IV qurultoyi 2022 yil 28-29 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.Anjuman O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yilgi tadbirlar rejasiga muvofiq o‘tkazildi (O‘zR MZ ko‘rsatma-xat № 2022).

Qurultoy ishida O‘zbekistonning barcha hududlaridan 235 nafar mutaxassis, shuningdek, masofaviy rejimda 70 nafar ishtirokchi hamda Gruziya (2), Hindiston (2), Rossiya Federatsiyasi (9), Qozog’iston Respublikasi (17) vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar orasida 17 akademik,42 tibbiyot fanlari doktori,professor,55 tibbiyot fanlari nomzodi, PhD, 72 oliy toifali shifokorlar bor.

Kongress dasturining asosiy qismi zamonaviy patologik anatomiyaning yutuqlari va istiqbollariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda asosiy o‘rin yangi COVID-19 koronavirus infektsiyasining patologik anatomiyasi va uning oqibatlari, onkomorfologiya, perinatal patologiya va bolalik,xususiy patologik anatomiya masalalariga bag‘ishlangan. Patologik-anatomiya xizmatini tashkil etish bo‘limiga ko‘ra, taqdim etilgan tahliliy materiallar va ma’ruzalar asosida kadrlar siyosati, patologik faoliyatning me’yoriy-huquqiy bazasini yangilash va patologik-anatomiya xizmatini tashkil etishda qiyinchiliklar bilan bog‘liq muammoli masalalar qayd etildi. Kongress materiallari «TMA Axborotnomasi» jurnalida chop etilgan.

IV s’ezdi IV s’ezdi

Dastur masalalarini muhokama qilish yakunlari bo‘yicha Plenum quyidagi qarorni qabul qildi:

  1. O‘zbekiston patologoanatomik fani va amaliyotini rivojlantirishga,O‘zbekiston qahramoni,akademik Malika Samatovna Abdullaxodjayevaning noyob Respublika patoanatomik markazini tashkil etishga qo’shgan ulkan hissasini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi hukumati oldida M. S. Abdullaxodjayeva xotirasini abadiylashtirish to’g’risida iltimosnoma qo’yish to’g’risida iltimosnoma bersin, shu jumladan:

– akademik M. S. Abdullaxodjayeva nomini Respublika patologiya markaziga berish,

– patologik anatomiyani o‘zlashtirishda yuqori yutuqlarni ko‘rsatgan tibbiyot institutlarining III kurs talabalari uchun M.S. Аbdullaxodjayeva stipendiyasini belgilash.

  1. O‘zbekiston patologoanatomlari uyushmasi ishida normativ hujjatlarni, shu jumladan biopsiya va autopsiya diagnostikasi standartlarini, turli patologiyalar uchun patologoanatomik tadqiqotlar protokollarini belgilangan tartibda yaratish va tasdiqlash ustuvor deb hisoblansin.
  2. Yangi СOVID-19 koronavirus infektsiyasining patogenezi va patologik anatomiyasi va uning oqibatlari, shuningdek, zamonaviy yuqori texnologiyali tadqiqot usullarining butun arsenalidan foydalangan holda onkologik kasalliklar masalalarini ishlab chiqishni davom ettirish ma’qullansin va ustuvor deb topilsin.
  3. 1996-yil 29-avgustdagi 265-i-sonli «Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritishni talab qiladigan О‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisida patologik anatomiya xizmati faoliyatini tartibga solishning Qonunchilik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ustida ishlashni davom ettirsin.
  4. «Patolog» kasbiy standartini yangilash bo’yicha ishlarni davom ettirishni ma’qullash va qo’llab-quvvatlash.
  5. Patologik anatomiya bo’yicha patologoanatomlar, o’rta tibbiyot xodimlarining mehnat me’yorlarini, ish haqi to’lash shakli va tizimini qayta ko’rib chiqish zarurligi to’g’risida O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga murojaat qilish, bu esa patologik anatomiya xizmatida kadrlar etishmovchiligi bilan bog’liq (260 nafar patologoanatomlar o’rtacha 2,0 koeffitsientini hisobga olgan holda; o’rta tibbiyot xodimlari – 280), bu standart standartlarni buzgan holda patologoanatomlarga ish yuki (2021 yilda bitta patologoanatom uchun o’rtacha umumiy ishyuk 3 tani tashkil etdi; bitta o’rta tibbiyot xodimi uchun-2,5).
  6. O‘zR hukumatining «O‘zR patologik anatomiya xizmatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorini qabul qilish ustida ishlashni davom ettirish, unda RPAMni Respublika ilmiy-amaliy Patologiya markaziga aylantirish, uning viloyatlarda va yirik shaharlarda filiallarini tashkil etish, ularni moddiy-texnik jihozlash va kadrlar tayyorlash ko’zda tutish.
  7. Xalqaro tajribani o’rganish asosida patologoanatomik byurolar (bo’linmalar) ning tashqi sifat nazorati va ixtiyoriy sertifikatlashning mahalliy tizimlarini ishlab chiqish va patologik anatomiya xizmat faoliyati amaliyotiga joriy etish.
  8. O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga patologik anatomiyani, shu jumladan aspiranturani Tibbiyot oliy o’quv yurtlari va universitetlarida o’qitishni tashkil etishning barcha jihatlarini aktuallashtirish bo’yicha taklif bilan murojaat qilish.
  9. Patologoanatomlar Uyushmasining «Patologik anatomiya» ixtisosligi bo‘yicha uzluksiz tibbiy ta’lim doirasida o‘quv materiallarini ishlab chiqish va o‘quv tadbirlarini o‘tkazishdagi ishtirokini faollashtirish, telemeditsina konsultatsiyasini rivojlantirish va takomillashtirish, hamda sun’iy intellektni amaliyotga joriy etish.

11.Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar,kongresslar,anjumanlar,ilmiy-amaliy konferensiyalar, simpoziumlar, maktablar, seminarlar, ilg’or tajriba almashishda ishtirok etgan MDH va uzoq xorijdagi professional patologik anatomiya jamoalar bilan xalqaro hamkorlikni takomillashtirish va rivojlantirish tavsiya etilsin.

 

 

TTA rektori, professor                                                                                          A.K. Shadmanov

TTA Patologik anatomiya kafedrasi mudiri, professor                          X.Z Tursunov                                                                                                                  

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan