Toshkent shahrida joylashgan Yoshlar ijod saroyida «Intellektual Olimpiada» start olgani haqida xabar berilgan edi. Bugun uning ilk kuni ko’tarinki ruhda yakunlandi. Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi Jahongir Boboyev murabbiyligi ostida olimpiadaning barcha yo’nalishlar bo’yicha ishtirok etmoqda. 1-kun o’ziga xos qarama qarshiliklarga boy bo’ldi. Terma jamoamizning olimpiadadagi ishtirokini 2-davolash fakulteti talabasi Sardor Boltayev boshlab berdi. Oradan biroz vaqt o’tib qolgan yo’nalishlarda ham o’yinlarga start berildi. 1-kun bahslaridan so’ng TTA jamoasi quydagicha natija ko’rsatdi. Shaxmat bo’yicha vakilimiz Sardor Boltayev 3 ta o’yinda qatnashib 2 tasini o’z foydasiga xal qildi va 2 ochko hisobiga yozib qo’ydi Shashka yo’nalishida qatnashgan Ubaydullayev Javohir ham Sardor singari 3 ta o’yinda 2 ochko jamg’ardi. Breyn Ring va Kvartet o’yinlarda maydonga tushgan Zakovat terma jamoasi ikkala o’yinda ham keyingi bosqich masalasini naqd qilishdi. Kunning ikkinchi yarmida ayol shahmat va shashkachilar musobaqaga kirishoshdi. Shaxmat yo’nalishidagi vakilamiz Islomova Nafisa 3 ta o’yinda 1.5 ochko jamg’arishga muvaffaq bo’ldi. Shashkada aql maydoniga chiqgan vakilamiz Karimqulova Maxsunaga biroz omad yetishmadi. U 1-kun bahslarida 0.5 ochko jamg’arishga muvaffaq bo’ldi. Umuman natijalar kutilganidan yaxshi. Olimpiada 17-dekabrga qadar davom etadi. Talabalarimizga omad tilaymiz.