4-turdan keyin O‘zMU jamoasi Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasidan bir ochkoga oldinda edi. Biroq apellyatsiya jarayonida TTA jamoasining bitta apellyatsiyasi qanoatlantirildi va 1-o‘rin uchun ikkita jamoa da’vogar bo‘lib qoldi. Natijada qo‘shimcha savollarga o‘tildi. Qo‘shimcha savollarning ikkinchisida TTA talabalarining qo‘li baland keldi va 1-o‘rinni o‘ziniki qildi. Intellektual olimpiada doirasidagi “Zakovat” o‘yinida barcha g‘oliblar aniqlandi! 4-tur davom etgan o‘yinda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin – Toshkent tibbiyot akademiyasi;
2-o‘rin – O‘zbekiston milliy universiteti;
3-o‘rin – Qarshi davlat universiteti.
G‘olib jamoalar quyidagi miqdorda taqdirlanadi:
1-o‘rin – 100 million so‘m;
2-o‘rin – 60 million so‘m;
3-o‘rin – 40 million so‘m.
Shuningdek, g‘olib jamoalar Intellektual olimpiada doirasida o‘z oliygohlariga muhim ochkolarni keltirdi.