Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining 2022 yil 29 dekabr 10-sonli bayoni bilan tasdiqlangan, Toshkent tibbiyot akademiyasiga davlat granti asosida qoʻshimcha qabulga tavsiya etilgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga: 18.01.2023 yil soat 10.00 dan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi 8-talabalar turar joyida joylashgan qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim, qilishingiz so‘raladi!
Kerakli hujjatlar:
- Rektor nomiga ariza (kelgan vaqtda ariza yoziladi);
- Pasport asl nusxasi va 4 dona nusxasi (yashash hududi ko‘rstilgan xolda);
- Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi va 1 dona nusxa;
- 3.5×4.5 rasm (foto) 12 dona;
- ID nusxasi (abiturient ruxsatnomasi) 3 dona;
- Javoblar varaqasi nusxasi 3 dona;
- Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli).
Qo‘shimcha ma‘lumot uchun quyidagi raqamalarga murojat etishingiz mumkin:
Jomurodov Laziz +998 91 636 07 32
Daminov Odilbek +998 99 875 19 94