Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi «Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 304-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan tasdiqlangan «Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom»ga asosan mutaxassislik fanlari va chet tillari bo‘yicha navbatdagi malakaviy imtihonlar (rejaga asosan) uchun hujjatlar qabul qilish davom etmoqda.
Malakaviy imtihon topshirish uchun hujjatlar ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy -pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga taqdim qilinadi, ular:
- Ariza (telefon raqami ko‘rsatilgan holda)
- Pasport (ID karta) nusxasi
- Ilmiy ish mavzusi tasdiqlangan Ilmiy kengash yoki chop etilgan byulletendan nusxasi
- Boshqa muassasa ilmiy izlanuvchilari uchun – Rektor nomiga yo‘llanma xat.
Hujjatlarni taqdim etish joriy yilning 10-fevralga qadar davom etadi. Malakaviy imtihonlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan jadval:
Chet tili (ingliz tili, nemis tili va boshqa xorijiy tillar) dan – joriy yilning 15-fevral kuni soat 10:00
Mutaxassislik fanlaridan – joriy yilning 16-17 fevral kunlari soat 10:00 da
Diqqat! Imtihon topshiruvchi talabgorlar imtihonga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni asos qigan holda kiritiladi. Malakaviy imtihonlar 5-TTJda joylashgan majlislar zalida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 2-uy.