O‘tib borayotgan hafta Hindiston Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan qator tadbirlar tavsiloti bilan mamlakatimiz tashqi munosabatlari tarixida unutilmas iz qoldirdi.
Kuni kecha Hindistonning mamlakatimizdagi elchixonasi tashabbusi bilan HAYAT mehmonxonasida Hindiston Respublika kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar dunyodagi eng ilg‘or va istiqbolli, ta’bir joiz bo‘lsa eng uzun muddatda yozilgan Hindiston konstitutsiyasi barcha fuqarolar tengligini va qonunlar mustahkamligiga kafolat bo‘lgan bu tarixiy sana- ijtimoiy va iqtisodiy adolat davrini boshlab bergan kun tantanasi to‘g‘risida to‘lqinlanib gapirdilar.
Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabxat bu haqda o‘z fikrlarini ifoda etar ekan, Hindiston o‘zining eng katta bayramini nishonlayotganini alohida e’tirof etdi.
1947 yil 15-avgustda Hindiston mustaqil davlatga aylandi. Dehli shahrining Red Fort qal’asi devori ustidan uch rangli mustaqillik davlat bayrog‘i mardonavor hilpiradi.
Shu kundan boshlab Mustaqillik bayramini har bir davlat fuqorosi o‘zining diniy va milliy kelib chiqishiga qaramasdan katta bayram sifatida nishonlaydi. Bugun Hindiston Respublika bayramining O‘zbekistonda nishonlanayotganiga uzoq tarixga ega ikki davlatning, mustaqqillik yillarida yuksalish pog‘onasiga chiqib borayotgan barcha sohadagi aloqalari, manfaatli munosabatlari ham sabab.
Barcha sohada bo‘lgani singari hamkorlik ko‘lamining tibbiy ta’lim doirasida ham rivojlanib borayotgani ayniqsa quvonarlidir.
Hindiston Respublika kuni bayrami tadbirida Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori A.Shadmanov hamda xalqaro bo‘lim boshlig‘i Murod Jafarov ham ishtirok etdilar.
Toshkent tibbiyot akademiyasi rektorining Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabxat bilan suhbati O‘zbekiston va Hindistonning do‘stona aloqalari, xususan Hindistonlik yoshlarning tibbiy ta’limdagi istiqbolli dasturlari doirasida kechdi.
Elchi janoblari ilm-fan, madaniy va gumanitar aloqalar ko‘lami kengayib borayotganidan mamnunligi,talabalarning yanada sifatli bilim egallashlari uchun bundan keyin ham hamisha yordamga tayyorligi va ta’lim ko‘lamini yangi yo‘nalish bilan kengaytirishga hayrihohligini bildirdi.