Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining «El-yurt Umidi» jamg‘armasi stipendiantlari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. Baxs-munozaralarga boy bo‘lgan tadbirda taklif, yechimlar, muammolar ilgari surilmoqda. Eng ko‘p takliflar laboratoriyalarni ko‘paytirish, Scopus xalqaro ma’lumotlar bazasida indekslangan jurnallarda maqolalar chop etish talablarini qayta ko‘rib chiqishga qaratilmoqda. Mazkur uchrashuvda Toshkent tibbiyot akademiyasi doktorantlari ham ishtirok etib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek akademiya doktorantlari tomonidan berilgan takliflarga jamg’arma tashkiliy qo’mitasi qiziqish bildirdi.
Yoshlar bilan ishlash, ma/naviyat va ma’rifat bo’limi