Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘layotgan tizimli yondoshuv har tomonlama barchani «o‘yg‘otyotkan»day bo‘layotgan holati Akusherlik va ginekologiya kafedrasida ham befarqlik bo‘lmadi.
Barcha kafedralarda bizning kelajak tarbiyalanuvchilirimizga e’tibor qanchalik samimiy bo‘layotganini talabalarimizni o‘zlari e’tirof qilmoqdalar, bu albatta quvontiradi.
Akusherlik va ginekologiya kafedrasida ham Talabalar ilmiy jamiyatining (TIJ) navbatdagi anjuman tarzda o‘tkazilgan davra ko‘rishishi bo‘lib o‘tdi.
Eng quvonarlisi, mazkur anjuman olib boruvchi sifatida iqtidorli talaba Sayfutdinova Durdonaxon juda iliq so‘zlar va talaba nigohida bo‘layotgan tizimli isloxotlarni ta’riflagan holda boshladilar, minnadorchiligini bildirib so‘zni kafedra mudiri F.I.Shukurovga berdi.
Albata rahbar xodim sifatida F.I.Shukurov o‘z nutqida bugungi anjumanni ochiq deb e’lon qilarkan ushbu o‘tkaziladigan anjumanning mazmun mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida hamda tadbir kafedra faoliyatidagi o‘quv jarayonining ajralmas bir qismi ekanligi to‘g‘risida so‘zlab berib, barcha anjuman ishtirokchilarga muvaffaqqiyat tilab qoldilar.
Olib boruvchi boshlovchi Sayfutdinova Durdona TIJ yangi o‘ringa chiqqanligi va ishtirok etish uchun 8 ta taqdimot taqdim etilganligini aytib o‘tib navbatma-navbat ishtirokchilarga so‘z berdi.
Barcha ishtirokchilar ko‘targan mavzulari zamonaviy va talaba nazarida ilmiy ishlarga yondoshuvlar namoyish etildi, barcha ishtirokchilar tanlangan mavzulari dolzarb va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Mazkur tadbirda kafedraning barcha professor-o‘qituvchilaridan iborat hay’at a’zolari taqdimotlarni sinchkovlik bilan tinglab taqdimotni har bitta bandlariga baholab bordilar.
Hay’at a’zolari tadbir yakunida bir ovozdan o‘rinlarni taqsimladilar:
1-o‘rin Abdullajonova Muslima, ilmiy rahbar t.f.n. Sh.K.Muftaydinova.
2-o‘rin Tadjinova Kamola, ilmiy rahbar prof. G.S.Babajanova hamda Norkizilova Gulirano, ilmiy rahbar U.X.Soliyeva.
3-o‘rin Akbarova Lobar, ilmiy rahbar D.B.Mirzayeva hamda Alikulova Nafisa, ilmiy rahbar K.A.Sattarova.
Qolaversa, 3 nafar talaba nominatsiyalar bo‘yicha o‘z mukofotlarini oldilar:
- «Eng yaxshi ilmiy-tadqiqot ishi» – Abdumannanova Nodira, ilmiy rahbar D.F.Gaybullayeva;
- «Eng dolzarb ilmiy-tadqiqot ishi» – Sobirjonova Feruza, ilmiy rahbar M.K.Uzakova
- «Ilk muvaffaqqiyatli ma’ruza» – Abdulxayeva Madina, ilmiy rahbar N.S.Razzakova
Anjuman yakunida kafedra mudiri F.I.Shukurov barcha ishtirokchilarga bu kabi tadbirlar qanchalik muhimligi yana bir bor batafsil tushuntirib berib, Hay’at a’zolari, ilmiy rahbar, ishtirokchi va qatnashgan barcha talabalarga minnadorchiliklarini bildirdilar.