Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi

Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi.  Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egalladi. Har yili esa adib tavalludi mamlakatimiz miqyosida keng nishonlanadi. Bu yil ham Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi Toshkent tibbiyot akademiyasida keng nishonlandi.  Tadbirda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi va Turon xalqaro yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Shaxodat Isaxonova hamda shoira Dilshoda Saidolimovalar mehmon sifatida ishtirok etishdi.  Soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbirda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzolari hamda Navoiyshunoslar soʻzga chiqib buyuk adibning faoliyati va hayoti shu bilan birgalikda biz kelajak avlod uchun qoldirgan adabiy merosi haqida toʻxtalib oʻtdilar. Tadbir iqtidorli talabalarning g’azalxonlik mushoiralari hamda shoir g’azallariga bastalangan kuy qo’shiqlar bilan yig’ilganlarni yanada ruhlantirdi. Ayniqsa akademiya kutubxonasi tomonidan tashkil qilingan Navoiy durdonalaridan jamlangan kitoblar ko’rgazmasi talaba yoshlarning qanchalik kitobxon ekanligi va kitobga bo’lgan muhabbatini yaqqol ko’rsatib berdi. Maroqli ma’rifat kechasi uchun tadbir tashkilotchilari – Pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasiga hamda Pediatriya, stomatologiya, tibbiy pedagogika va xalq tabobati fakultetiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi

Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi

Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan