Ingliz tilini (yoki koreys)
bilish sertifikatiga ega bo‘lgan yosh shifokorlar (TMA kafedra xodimlari)
Koreya universitetiga (dunyoning eng yaxshi 100 taligiga kiritilgan)
grant asosida amaliyot o‘tashga taklif etiladi. Muddati – 6 oy Koreya tomoni ta’lim, turar joy va ovqatlanish xarajatlarini qoplaydi. TMA havo sayohati bilan bog’liq xarajatlarni qoplaydi. Kursant viza xarajatlarini qoplaydi.
Yo’nalishlar:
- Interventsion kardiologiya
- Endoskopik jarrohlik
- Ortopedik jarrohlik
- Patologik anatomiya
Kurs boshlanishi 2023-yil 1-may Ariza topshirishning oxirgi muddati – 2023-yil 6-mart
TMA xalqaro hamkorlik bo’limiga murojaat qiling
Translate: Рус