Jamiyat hayotining turli jabhalarida gender tenglikni ta’minlash O’zbekiston ichki siyosiy kontsepsiyasining ustuvor yo’nalishlari qatoriga kiradi. Bugungi kunda mamlakat akademik doiralarida ayollarning o’rni va mavqeini oshirish, yangi avlod olimalarini tarbiyalash hamda istiqbolli loyihalarini rag’batlantirish bo’yicha muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. Ko’zlangan maqsad-vazifalarga erishish esa ilm-fan sohasini isloh etish masalasiga tizimli yondashuvni talab qiladi. Shu boisdan Toshkent tibbiyot akademiyasi “Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya” kafedrasi хodimlari tashabbusi bilan ma’naviy tadbir o’tkazildi. kafedra
хodimlari tomonidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Respublika oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Ilmli ayol – millat tayanchi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent Tibbiyot akademiyasi “Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya” kafedrasi xodimlaridan tibbiyot fanlari nomzodi assistant Gulnoza Jo’rayeva va ma’naviyat ishlariga mas’ul katta o‘qituvchi, tibbiyot fanlari nomzodi Xurshida Shodiyeva, universitet birinchi prorektori Feruza Madraximova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xotin-qizlar o‘rtasida ilm-fan innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, texnika fanlari doktori, professor Karima Norqulova ishtirok etdilar. Ular tomonidan “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni” hamda “Sog‘lom ona, sog‘lom bola va sog‘lom oila” mavzusida ma’ruzalar qilindi. Davra suhbati davomida talaba-qizlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
O‘tkazilgan “Ilmli ayol – millat tayanchi” mavzusida davra suhbati yosh ayol olimalarimizga ilm yo‘nalishiga хotin-qizlarni ilm-fan sohasiga yanada keng jalb etishda ulkan omil bo’ladi. Xulosa qilib aytganda, atoqli ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy: “Qizlar hammadan ko’ra bilim olishga intilishi kerak, chunki bu bilim bilan kelajak avlodni tarbiyalaydi”, deb uqtirgani bejiz emas. Aslida ham, har qanday rivojlangan jamiyatda taraqqiyot va sivilizasiya darajasi ayolga bo’lgan munosabat, хotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar ko’lami hamda miqyosi bilan belgilanadi.