Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi reabilitatsiya xizmatini rivojlantirish hamda shu yo‘nalishda mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Toshkent tibbiyot akademiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining reabilitatsiya xizmatini kuchaytirish uchun Strategiyani ishlab chiqishda o‘z hissasini qo‘shishga va loyihani qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.