«Abu Ali Ibn Sino merosxo‘rlari «
Tibbiyot Oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida Xalqaro olimpiadasi
AXBOROT XATI
HURMATLI TALABALAR VA HAMKASBLAR!
Sizni 2023-yil 29 aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida bo’lib o’tadigan «Abu Ali Ibn Sino merosxo‘rlari » talabalar Хalqaro olimpiadasida ishtirok etishga taklif etamiz.
O‘tkazish joyi : Toshkent tibbiyot akademiyasi
Xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun 1-kursdan 3-kursgacha bakalavriat talabalari taklif etiladi.
Olimpiada o‘tkazilishidan maqsad talabalar o‘rtasida Abu Ali Ibn Sino xayoti, ilmiy faoliyati va ijodi, yirik asarlari, tibbiyotga oid ishlari hamda olim xotirasiga bag‘ishlangan ishlar bo‘yicha bilimlarni mukammallashtirish. Bundan tashqari xalq tabobatida turli tashxislash usullarini amaliy ko‘nikmalarda qo‘llay olish.
Olimpiada o’zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi.
«Abu Ali Ibn Sino merosxo‘rlari» Хalqaro olimpiadasining tantanali ochilishi 2023 yil 29 aprelda bo’lib o’tadi. Xulosa va tantanali yopilish shu kunda bo’lib o’tadi.
OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI DIQQATIGA:
Olimpiadada ishtirok etish uchun faqat bakalavr talabalariga ruxsat beriladi. Olimpiadaning barcha ishtirokchilari Olimpiada saytida maxsus shaklda ro’yxatdan o’tishlari kerak.
Olimpiadaning tafsilotlar ushbu veb-saytidagi:
Ishtirokchilarni havola orqali ro’yxatdan o’tkazish:
https://forms.gle/KTAxrium7fDV3uY56
Ishtirokchilarni ro’yxatga olish muddati – 2023 yil 10 aprelgacha
Olimpiada offline tartibida 3 bosqichida o’tkaziladi.
I – bosqich-test.
Savollar soni: 25
Vaqt: 25 daqiqa
80 baldan kam ball to‘plagan talaba (maksimal 100 ball) keyingi bosqichga o’tmaydi.
II bosqich–Blits savollar. Ushbu bosqich ishtirokchilari 3 ta qisqa savollarga ketma-ket javob berishlari kerak.
III bosqich–Amaliy ko‘nikma. Xalq tabobatida tashxislash usullari.
II va III bosqichda yig’indisi bo’yicha birinchi uchta maksimal natijaga erishgan talabalar olimpiada g’oliblari hisoblanadi. Ishtirokchilar uchun alohida nominatsiya va sertifikatlar tashkil etilgan.
Olimpiada tashkiliy qo’mitasi:
Iqtidorli talabalarni ilmiy – tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i:
Abdumalikova Feruza Bahtiyrovna+99893 546 73 51
Xalqaro bo‘limi: Jafarov Murod Mirzaxidovich+998 90 982 07 09
Reabilitologiya, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedra xodimlari
Kafedra mudiri: Usmanxodjaeva Adibaxon Amirsaidovna+998977581033
Axmedova Durdona Shakirovna +998909972513
Biykuzieva Aziza Abdunabievna +998909889745
Sharipov Ulug`bek Abduraxmanovich +998909512519
BIZ O’Z BILIM VA KO’NIKMALARINI TIBBIYOTDA NAMOYISH ETISHNI ISTAGAN BARCHA IQTIDORLI TALABALARNI ISHTIROK ETISHGA TAKLIF QILAMIZ!
Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Abu Ali Ibn Sinomerosxo‘rlari ” Xalqaro olimpiadasida oflayn qatnashish uchun ariza
№ | FISh (to‘liq) | OTM, kurs, fakultet | Telefon raqami,
|
Rasm | |
|
|||||
Ilmiy rahbar FISh | Ilmiy unvoni, lavozimi, kafedra nomi | Telefon raqami,
|
Rasm | ||
|
|||||