«BERUNIY VA IBN SINO – IKKINChI MING YILLIKNING TAQDIRINI O‘ZGARTIRGAN DAHOLAR: MA’MUN AKADEMIYASINING JAHON FANI TARAQQIYOTIDA TUTGAN O‘RNI» Xalqaro ilmiy konferentsiyasi

konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Xorazm viloyati hokimligi

 

Urganch davlat universiteti, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Xorazm viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, Xiva shahar hokimligi

  

AXBOROT XATI

 

«BERUNIY VA IBN SINO – IKKINChI MING YILLIKNING TAQDIRINI O‘ZGARTIRGAN DAHOLAR: MA’MUN AKADEMIYASINING JAHON FANI TARAQQIYOTIDA TUTGAN O‘RNI»

Xalqaro ilmiy konferentsiyasi

 

2023 yil 28-29 aprel

 

Xiva-2023

 

HURMATLI HAMKASBLAR!

Sizlarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.07.2022 yildagi PQ-338-son qaroriga asosan, 2023 yil 28-29 aprel kunlari Xiva shahrida bo‘lib o‘tadigan «Beruniy va Ibn Sino – ikkinchi ming yillikning taqdirini o‘zgartirgan daholar: Ma’mun akademiyasining jahon fani taraqqiyotida tutgan o‘rni» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferentsiyasida ishtirok etishga taklif etamiz.

 

UMUMIY MA’LUMOT

Tashkilotchilar: Xorazm viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi.

Anjuman qatnashchilari: konferentsiyada qatnashish uchun fan doktorlari, falsafa doktorlari (PhD) va fan nomzodlari, ilmiy tadqiqot institutlari olimlari, doktorantlar, stajyor-tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar taklif etiladi.

Maqolalarni yozish tili: o‘zbek, rus, ingliz

Ishtirok etish shakli: – konferentsiyada ma’ruza qilish; – ma’ruzasiz; to‘plamda nashr etish

 

KONFERENSIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI

  • Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiy merosi;
  • Abu Rayhon Beruniy yashagan davr adabiy muhiti;
  • Abu Rayhon Beruniyning ilm-fan, madaniyat va san’atga qo‘shgan ulushi;
  • Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot va farmatsevtika fani rivojiga qo‘shgan hissasi;
  • Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining jahonda o‘rganilishi;
  • Abu Ali ibn Sinoning jahon ilm-fani rivojidagi o‘rni.

 

MAQOLALARNI TAYYoRLASh TALABLARI

Matn formati: Microsoft Word (*.doc, .docx);

Sahifa formati: A4 (210×297 mm);

Orientatsiya: kitob shaklida, albom shaklidagi qabul qilinmaydi;

Hoshiya (yuqoridan, pastdan, o‘ngdan, chapdan); 2,5 x 2,5 x 3,0 x 1,5 sm;

Shrift: Times New Roman, o‘lchami (kegl) – 14;

Qator oraliq intervali: 1,5 (bir yarim);

Maqola hajmi: 10 betgacha.

Adabiyotlar: maqolaning oxirida “Foydalanilgan adabiyotlar” nomi bilan rasmiylashtiriladi. Matnda adabiyotlarga iqtibos kvadrat qavs ichida adabiyotning tartib raqami, verguldan so‘ng sahifa raqamini ko‘rsatish bilan beriladi [1, 10-b.]. Sahifa ostida matndan so‘ng beriladigan iqtibos man etiladi.

Rasmlar: har qanday grafik ma’lumotlar (karta, chizma, sxema, diagramma, rasm) arab raqamlari va “Rasm” so‘zlari bilan belgilanadi. Nomlanishi – rasm raqamidan keyin qalin harflarda yoziladi.

Masalan:

1-rasm. Rasmning nomi

 

Rasm matndan yuqori va pastdan bir qatordan qoldirilib ajratiladi. Barcha rasmlarga matnda havola (1-rasm.) bo‘lishi kerak.

Jadvallar: arab raqamlari va “jadval” so‘zi bilan belgilanadi. Tartib raqami va jadval so‘zi o‘ng tarafdan, jadvalning nomi esa keyingi qatordan, o‘rtadan qalin harflarda yoziladi.

 

Masalan:

1-jadval

Jadvalning nomi

 

Jadval va rasmlarda shrift 10 pt dan kichik bo‘lmasligi kerak.

 

Maqola matnining tuzilishi va joylanishi:

– maqolaning nomi (katta harflarda, qalin shrift, o‘rtadan yoziladi);

– muallif(lar)ning F.I.O. to‘liq (kichik harflarda, qalin shrift, o‘rtadan yoziladi);

– ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi (o‘rtadan yoziladi);

– ish (o‘qish) joyi (o‘rtadan yoziladi);

– annotatsiya (kegl 12, hajmi 20 so‘zdan kam bo‘lmagan, eni bo‘yicha yoziladi);

– tayanch so‘zlar (kegl 12,5 ta so‘zdan kam bo‘lmagan, eni bo‘yicha yoziladi);

Maqolaning nomi, muallif (lar) F.I.O. (vergul bilan), annotatsiya, tayanch so‘zlar ingliz tilida va yozuvida. Ish joyi va lavozimi tarjima qilinmaydi.

– bir qator tashlab – maqolaning asosiy matni (kegl 14, qatorlar oraliq intervali – 1,5, xat boshi – 1,25 sm, eni bo‘yicha yoziladi);

– foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (eni bo‘yicha yoziladi).

 

 

 

 

Maqolani rasmiylashtirish namunasi:

 

MAQOLANING NOMI

 

Aminov Xurmatbek Baxram o‘g‘li

kichik ilmiy xodim

Xorazm Ma’mun akademiyasi

e-mail: ……………………

 

Annotatsiya: matn, matn, matn, matn, matn.

Tayanch so‘zlar: matn, matn, matn, matn, matn.

 

Matn. Matn.  Matn. Matn. Matn.  Matn.Matn. Matn.  Matn.Matn. Matn.  Matn.Matn. Matn.  Matn.Matn. Matn.  Matn.Matn. Matn.  Matn. [1, 10-b.].

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. G‘o‘dalov M.R. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining atrof landshaftlariga ta’sirini baholash. – Jizzax. Sangzor, 2016. – 144 b.

 

IShTIROK ETUVChI HAQIDA MA’LUMOTNOMA

 

Ma’lumotlar Avtor 1 Avtor 2 Avtor 3
Muallifning F.I.O. (to‘liq)      
Status (ilmiy daraja, ilmiy unvon, lavozim; doktorant, magistrant, talaba)      
Ish (o‘qish) joyining nomi      
Bog‘lanish telefoni      
e-mail      
Maqola nomi  
Yo‘nalish nomi  
Sahifalar soni  
To‘plamning elektron variantini jo‘natish uchun e-mail yoki telegram nomeri  

 

Talabnomani 2023 yil 15 aprelgacha Tashkiliy qo‘mitaning quyidagi manziliga jo‘natish lozim:

e-mail: raufjon.m@mail.ru Murojaat uchun telefon: +998 91 912 94 81 (Raufjon Mahmudov)

 

ANJUMANDA IShTIROK ETISh UChUN

Talab darajasida rasmiylashtirilgan maqolani alohida faylda 2023 yil 15 aprelgacha Tashkiliy qo‘mitaning quyidagi manziliga jo‘natish lozim:

e-mail: raufjon.m@mail.ru yoki telegram nomer +998 91 912 94 81.

Maqola fayli birinchi muallifning F.I.O. bilan nomlanishi zarur.

Bir muallifdan 3 tagacha maqola qabul qilish mumkin (hammualliflari bilan birga ham).

Barcha tezislar taqriz (ekspertlar baholashi) qilinadi. Tezisda keltirilgan ma’lumotlarning ishonchiligiga mualliflar shaxsan javobgardir. Konferentsiya materallarini to‘plam shaklida nashr etish uchun a’zolik badali to‘liq (to‘liq bo‘lmagan) 1 beti uchun – 25 ming so‘mni tashkil etadi.

Rekvizitlar: Tashkilot nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi

Manzil: Xiva shahar Markaz 1

Telefon/faks: 0 362 2262027

ShXR: 400110860334067015100043001

INN: 202463612  OKONX: 95110

Moliya vazirligi G‘aznachiligi

x/r: 23402000300100001010

INN: 201122919  MFO: 00014

Markaziy bankning Toshkent shaxridagi Bosh boshqarmasi XKKM

Tashkilot rahbari: I.I.Abdullaev

 

 

Ijrochi: R.Maxmudov

Tel: +998 91 912 94 81

 

Xalqaro ilmiy konferentsiyasi

Xalqaro ilmiy konferentsiyasi

Xalqaro ilmiy konferentsiyasi_

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan