1-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Farmatsiya, menejment , tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti tyutorlari hamda talabalari ishtirokida «Konstitutsiya – meniki, sizniki va barchamizniki!» shoiri ostida tashviqot tadbirlari bo’lib o’tdi. Talaba-yoshlarga Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirilib, 30-aprel kuni bo’lib o’tadigan Referendumga befarq bo’lmaslikka va xalqimiz farovonligi yo’lida ovoz berishga chaqirildi.