2022-yil kafedra attestatsiyasidagi kamchiliklar, 2023-yil uchun oʻquv, ilmiy, konferensiya rejalarining bajarilishi, Konstitutsiya boʻyicha Referendum yuzasidan kafedrada amalga oshirilgan tadbirlar va rejalashtirilgan ishlar, maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari tahlil qilindi.
Kafedra xodimlariga 2023-yil yanvar oyi Ilmiy kengashida tasdiqlangan POʻ bir martalik va davomiy ragʻbatlantirish mezonlari, raqamlashtirish, yaʼni Edoc.ssv.uz va JIHOZMED tizimlari orqali ishlash, kafedra xar bir xodimi kesimida TTA 5 ta ilmiy jurnalda chop etish va repozitoriyga qoʻyish orqali Xirsh indeksini koʻtarish, sitiruyemost koʻrsatkichini oshirish, oʻquv adabiyotlarini yaratish, xorijiy til oʻrganish, KPI tizimi tushuntirildi.
Kafedrada 2023-yil 1-choragi davomida moddiy-texnik bazasini yaxshilash uchun 4 ta monoblok berilgan, 4 ta monografiya, 8 ta DGU, 30 maqola (15 ta xorijiy), 2 ta darslik (Milliy gʻoya, Oʻzbekistonni rivojlanish strategiyasi), 15 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma kabi oʻquv va ilmiy mahsulotlar yaratilgan.
Kafedrada xorijiy xamkorlik ishlari yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmaganligini inobatga olib, 2023-yil davomida 1 ta xorijiy professorni jalb qilish, 1 ta xalqaro olimpiada va 1 ta xalqaro konferensiya tashkil etish, 3 nafar xodim chet tilini egallaganlik toʻgʻrisida sertifikat (CEFR) olishda xalqaro sertifikat (IELTS, TOEFL) olishini taʼminlash kamchiliklarni xal etish yoʻllari koʻrsatib oʻtildi.
“Ijtimoiy ish” bakalavriat yoʻnalishini tashkil etish va 75 ta (25 ta rus, 50 ta oʻzbek) toʻlov-kontrakt oʻrin belgilash, Ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun yuklamani 975 soatdan 700 soatga tushurish, Sotsiologiya, Konfliktologiya, Xalq tabobati falsafasi, Tibbiyot tarixi, Bioetika, Ish xaqi meʼyorlari va boshqa fanlarni kafedra oʻquv yuklamasiga oʻtkazish boʻyicha kafedra xodimlari tomonidan takliflar berildi.
Shuningdek, 1 ta PhD (N.Abduraxmanova) himoyasi 2023-yil iyun oyga rejalashtirilganligi, 2 ta mualliflik guvohnomasi olinishi (TTA toʻlovini amalga oshirish kutilmoqda), Adolat partiyasi bilan hamkorlikda 2023-yil 4-aprelda Referendum boʻyicha tadbir oʻtkazilishi, “Ijtimoiy ish” bakalavriat yoʻnalishi negizida masofaviy taʼlim, 1-2 yillik magistratura va 18, 36, 72, 144 soatli malaka oshirish kurslari tashkil etilishi haqida maʼlumot berildi.