Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti dekani S.U.Aliev «Farmakologiya» kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan o‘quv-tarbiya ishlari sifatini yaxshilash va kamchiliklarni birgalikda hal etish borasida suhbatlashdi.
2022 yil kafedra attestatsiyasidagi kamchiliklar, 2023 yil uchun o‘quv, ilmiy, konferensiya rejalarining bajarilishi, o‘quv va amaliyot bazalari, farmatsiya yo‘nalishi amaliy ko‘nikmalari ro‘yxati, ma’naviy-ma’rifiy, sport, fitnes, sheyping tadbirlari tahlil qilindi.
2023 yil davomida Eksperimental farmakologiya bo‘yicha kafedra filialini tashkil etish, Farmakologiya bo‘yicha xorijiy xamkorlikni jadallashtirish, magistratura va tayanch doktoranturaga bitiruvchi kurslarni targ‘ibot tashviqot ishlarini amalga oshirish kabi kamchiliklarni xal etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, joriy yil yanvarda TTA kengashida tasdiqlangan professor-o‘qituvchilarni bir martalik va davomiy rag‘batlantirish mezonlari, kafedrani raqamlashtirish, ya’ni Edoc.ssv.uz va JIHOZMED tizimlari orqali ishlash, xar bir xodim kesimida TTAning 5 ta ilmiy jurnalida maqolalar chop etish va repozitoriyga qo‘yish orqali Xirsh indeksini ko‘tarish, iqtibos ko‘rsatkichini oshirish, o‘quv adabiyotlarini yaratish, xorijiy tillarni o‘rganish tushuntirildi.