Toshkent tibbiyot akademiyasining 3 nafar talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri stipendianti boʻldi.

2022-2023 o’quv yili uchun «O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri stipendiyasi» nomzodlari tasdiqlandi. Respublika miqyosidagi 12 ta tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurs talabalari orasidan tanlab olingan 11 g’olibning 3 nafari Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi ekanligi quvonarli.

Ular:

  1. Tursunbayeva Diyora Baxtiyor qizi, 1-son davolash fakulteti talabasi;
  2. Xamidova Dilafro’z Baxtiyor qizi, 1-son davolash fakulteti talabasi;
  3. Asrorxo’jayeva Irodaxon Rustamxo’ja qizi, tibbiy pedagogika fakulteti talabasi.

Talabalarimizni ushbu zafarlari bilan muborakbod etgan holda yutuqlari bardavom bo’lishini tilab qolamiz. Ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz-murabbiylari va komil inson sifatida kamolga yetkazayotgan ota-onalariga o’z tashakkurimizni bildiramiz!

Tursunbayeva Diyora  Xamidova Dilafro'z  Asrorxo'jayeva Irodaxon

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan