Kafedraga tashriflar davom etmoqda
7-aprel kuni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sh.A. Boymurаdov tibbiy radiologiya kafedrasiga tashrif buyurib, pedagog xodimlar bilan o‘quv va ilmiy ishlarni kafedrada bajarilishida kamchiliklarni tanqid qildi. Utgan semestr davomida talabalarni ushbu fandan uzlashtirmaganlarni soni ko‘pligi sabablari tahlil qilindi. Davolash fakultetining 404, 415-guruh talabalari bilan suhbatlashdi, guruh talabalarni muammolari va savollariga javob berdi. Talabalarni amaliy ko‘nikmalar va o‘quv adabiyotlarinidan foydalanish bo‘yicha aniq ma‘lumotga ega emasligi, hamma talabalar har xil adabiyotlardan foydalanayotganligi uchun kafedra pedagoglariga tanbeh berildi, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat berildi.