2023-yil 11-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi tomonidan “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Musaffo atrof-muhit Yangi Konstitutsiya bilan kafolatlanadi” mavzusida talabalar uchun tadbir tashkil etildi. Bunda fakultetning 1 va 2 kurs talabalari ishtirok etdilar. Tadbirni fakultet dekani F.I.Salomova ochib berdi. F.I.Salomova tomonidan kirish soʻzi davlatimiz tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiya oʻzgarishlari va albatta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi avlod uchun olib borayotgan gʻamxurliklari xaqida gapirib oʻtildi. Tadbirda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati O.I.Litvinova, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Olmazor tuman partiya tashkiloti raisi Sh.M. Umarxodjayeva, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi dotsenti Universiteti L.R. Shayusupova, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kegashi deputati Toʻlqin Eshbek, tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani F.I.Salomova va 320 nafar talabalar ishtirok etdilar. Barcha mehmonlar soʻzga chiqib yangilanayotgan Konstitutsiyani afzalliklari, yoshlarga oid bandlari haqida tushuntirish berib oʻtildi.
Konstitutsiyaga kiritilishi rejalashtirilgan oʻzgartirishlar, yangilanayotgan Bosh Qomusimizning mamlakatimiz taraqqiyotidagi tutgun oʻrni hamda referendum oʻtkazish tartibi haqida, Konstitutsiyaviy Qonun loyihasida yoshlar uchun alohida bob qoʻshilganligi, yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini ragʻbatlantirish, yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini ragʻbatlantirishni kafolatlanishi, yoshlarning taʼlim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy–joyli boʻlishi, bandligi uchun shart – sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilayotganligi haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtishdi. Shuningdek, davlat shu orqali oʻz zimmasiga muhim majburiyatlarni olayotganligi, mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhimligi taʼkidlab oʻtildi.
Tadbirda shu kabi oʻzgarishlar aytib oʻtilib, 30-aprelda boʻlib oʻtadigan Referendumda hammani faollik koʻrsatishga chaqirildi.