Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandislig va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti dekani S.U.Aliev reja-jadvalga muvofiq joriy yil 12 aprel kuni patologik anatomiya kafedrasiga tashrif buyurdi.
Kafedra mudiri X.Z.Tursunov va 15 nafar kafedra xodimlari (jumladan 3 nafar fan doktori-professor, 5 nafar fan nomzodi(PhD)-dotsent) bilan bugungi kundagi yutuq va muammolari haqida suxbatlashildi.
Respublika patologik anatomiya markazi binosida joylashgan kafedrada “Patologik anatomiya” va “Seksion kurs” fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi. Talabalarga markaz muzeydagi preparatlar, organ va to‘qimalarning patologik holatlari ko‘rsatiladi.
Kardiologiya va Terapiya magistratura mutaxassisliklari hamda 2-Davolash fakulteti 306abc va 307abc guruh talabalari bilan fan bo‘yicha o‘zlashtirish, chet tillarini o‘rganish, TTAda tashkil etilayotgan olimpiada va anjumanlarga qatnashish, Referendumda faol ishtirok etish haqida suhbat o‘tkazdi. Davomat 100%. Talabalarga baho qo‘yishda Nizomga to‘liq amal qilingan.
TTA attestatsiyasidan keyin xodimlar reja bo‘yicha ilmiy va o‘quv mahsulotlarini chop etishmoqda. Kafedra bo‘yicha yanvar-mart oylarida 3 ta monografiya, 4 ta xalqaro va 3 ta mahalliy maqolalar chop etilgan. “Patologik anatomiya” fanidan darslik nashriyotda chop etishga tayyorlanmoqda.
2023 yil davomida 3 nafar xodimning ilmiy mavzusini tasdiqlash (oktyabr-noyabr), 3 nafar xodimning ilmiy ish himoyasi, yangi tashkil etishgan til o‘rgatish markazida xodimlarning 4 nafarini ingliz va 6 nafarini rus tiliga o‘rgatish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, 19 apreldagi fan olimpiadasiga tayyogarlik sustligi, Scopus (Web of Science) maqolalari yo‘qligi, kafedra xodimlarining xorijiy malaka oshirish kurslarida o‘qishi tashkil etilmaganligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, kafedralarga kelib tushadigan topshiriqlarni yagona platforma orqali yetkazishni tashkil qilish taklif etildi.